Oldingi
tahrirga qarang.
23. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan
alohida hollarda kichik maydonlarda yetishtiriladigan o‘simliklarni himoya qilishda ishlatiladigan,
biroq tijorat qiymatiga ega bo‘lmagan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini
ro‘yxatga olish sinovlari Agentlik tomonidan moliyalashtiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15
dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y.,
09/21/752/1166-son)
Bunda ishlab chiqaruvchi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining
namunasini sinovni o‘tkazuvchilarga zarur miqdorda yetkazib beradi.
24. Sinovlarning belgilangan tartibda o‘tkazilishi, natijalarning ishonchliligi, xulosalar va
tavsiyalarning ob’ektivligi (xolisonaligi) uchun sinovni o‘tkazuvchilar javobgar hisoblanadi.
25. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
ariza bergan, shuningdek, ularni yaratgan shaxslar kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish
vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa tayyorlanishida qatnashishi mumkin
emas.
Oldingi
tahrirga qarang.
26. Sinovni o‘tkazuvchilar sinovlar va ekspertiza natijalari bo‘yicha ilmiy hisobot
tayyorlaydi va uning asl nusxasini Agentlikka taqdim etadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
27. Ishchi organ o‘tkazilgan sinovlar yakuniga oid ilmiy hisobotlar, xulosalarni tahlil etadi,
umumlashtiradi va o‘ttiz kun muddatda Agentlikka kiritadi. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib
chiqadi, muhokama qiladi hamda kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositasini ro‘yxatga
olish yoki rad etish to‘g‘risida tegishli qarorni qabul qiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
28. Kimyolashtirish yoki o‘simliklarni himoya qilish vositasini ro‘yxatga olganlik uchun
chet ellik ariza beruvchi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorda, vosita
qayta ro‘yxatga olinganda yoki qo‘llash doirasi kengaytirilganda100 baravari miqdorida bir martalik
yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida undiriladi. Chet el valyutasidagi to‘lovlar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to‘lov to‘lanadigan kun uchun belgilangan
valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida
amalga oshiriladi.
Mahalliy ariza beruvchilardan mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 20 va 10
baravari miqdorida bir martalik yig‘imlar undiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15
dekabrdagi 752-sonli
qaroriga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y.,
09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
29. Agentlik ariza beruvchilarga mazkur Nizomga
10-ilovada
keltirilgan namunadagi
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi (yoki yuboradi).
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
30. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari,
kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik
himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatini
yuritadi hamda veb-saytida e’lon qilib boradi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
31. Ro‘yxatni yuritish va e’lon qilishga Agentlikning kimyolashtirish va o‘simliklarni
himoya qilish vositasini ro‘yxatga olish haqidagi qarori asos bo‘lib hisoblanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
32. Ro‘yxatni yuritish va e’lon qilish xarajatlari Agentlik tomonidan qoplanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
33. Ro‘yxatga olish muddati tugagandan so‘ng, ariza beruvchining arizasiga ko‘ra
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari keyingi muddatga qayta ro‘yxatga kiritilishi
mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasining xulosalari asosida qabul qilingan Agentlikning qarori kimyolashtirish va
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini keyingi muddatga qayta ro‘yxatga kiritilishiga asos bo‘ladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15
dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y.,
09/21/752/1166-son)
34. Quyidagilar kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga
olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin:
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va
namunalarning ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi, ruxsat berish
talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan
ma’lumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomga muvofiq kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini
ro‘yxatga olish sinovlarini o‘tkazish yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosalar berilishi.
35. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishning boshqa asoslarga ko‘ra rad
etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
36. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani berishning rad etilganligi to‘g‘risidagi
xabarnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari
hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun
taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
37. Ariza beruvchi ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish sabablarini
bartaraf etishga va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan
boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
38. Ariza beruvchi tomonidan ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish
sabablarini bartaraf etilishi natijasida kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining
sifati, samaradorligi va xavfsizlik xossalarining o‘zgarishiga olib kelsa, u holda ariza yangidan
berilgan hisoblanadi.
39. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ilgari ariza beruvchiga yozma ravishda bayon
qilinmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf
etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarining keltirilishi bundan
mustasno.
40. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish rad etilgani to‘g‘risidagi xabarnomada
ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan
hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |