18-Mavzu (nomi): Dadil qadamlar bilan katta hayot sari. Oila mas’uliyati, sha’ni qadri



Yüklə 18 Kb.
tarix23.06.2023
ölçüsü18 Kb.
#134676
Tarbiya mavzu


18-Mavzu (nomi): Dadil qadamlar bilan katta hayot sari. Oila mas’uliyati, sha’ni
qadri.
Reja
1. Muqaddas kitoblar va ajdodlar merosida baxtiyor oila qo‘rg‘onini qurishga oid qarashlar, tavsiyalar.
2. Oilada tomonlarning majburiyatlari.
Tiriklikning sir-u asrori ilm, odob, ongli faoliyat bo‘lsa, uning asosi zukko aql, davomiyligi – samarali mehnat. Bu jarayonda vaqtdan unumli foydalanish sirlar tilsimini topishga ko‘maklashadi.
Azaldan Sharqda kishining hayot yo‘lida unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, o‘z duo va tilaklari bilan zafar va omadlar tilovchilar – ota-ona va ustozlardir. Shu boisdan jamiyatda bunday hazrati insonlar toifasi alohida e’zozga sazovor bo‘lib, ularga hamisha ehtiyoj sezilgan. Bu hodisa – Buyuk Sharq hayot tarzining, kerak bo‘lsa, uning muqaddas insoniy qadriyatlarining tamal toshini tashkil etgan va hozirda ham shunday.
Bolani qaysi kasb-hunarga yo‘naltirish kerakligini aniqlash uchun uning iqtidorini bilish kerak. Hali yosh bo‘la turib, katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan bolani ko‘rganda: “Uning qonida bor-da”, deydilar. Ajdodlarimiz farzandlariga ota-bobolarining nasl-nasabini o‘rgatganlar. Bundan ular kimlarga loyiq farzand bo‘lishi kerakligini anglaganlar. Xuddi shu singari hozirgi yoshlar ham shu Vatanda voyaga yetgan, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganishi ham qarz, ham farzdir.
1. “Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish ham qarz, ham farzdir” degan fikrni qanday tushunasiz?
2. Siz bu vazifani bajarish uchun nimalar qilyapsiz?

Ota o‘limidan oldin farzandini chaqirib, qo‘liga bir soat tutqazdi: – Bu soat 200 yil oldin yasalgan. Bizga bobongning bobolaridan meros qolgan. Sen buni mahalla boshidagi soatsozga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt va uning javobini menga yetkaz, – dedi. O‘g‘il borib, soatsozdan “Buning eski ekan, besh dollar beraman” degan javobni olib keldi. – Endi buni noyob narsalar sotiladigan do‘konga olib borgin, – dedi ota. U yerga borgan o‘g‘il do‘kondorning “besh ming dollar beraman” degan javobi bilan qaytdi. Ota yana o‘g‘lini yubora turib: – Endi buni davlat muzeyiga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt, – dedi. Muzeyga borib, otasi yoniga juda hayratlangan holda qaytgan o‘g‘il: – Muzeydagilar bir mutaxassisni chaqirtirib, uni yaxshilab tekshirgach, shu bir parchagina temirni bir million dollar deb baholashdi-ya! – dedi. Shunda ota: – Bolam, avvalo, hamma narsa ham vaqt hukmiga bo‘ysunib, eskirmaydi. Shunday qadriyatlar borki, yillar o‘tgani sayin bahosi oshib boradi. Bebaho milliy qadriyatlarimizni asra va kelajak avlodga yetkaz.


Oiladagi muhit insonning o‘ziga xos ma’naviyati, dunyoqarashi, tasavvur va e’tiqodi shakllanishida, yuksalishida muhim omil bo‘ladi. Inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ular, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar aynan oila bag‘rida shakllanadi. Bu muqaddas dargohda nafaqat farzand dunyoga keladi, balki ma’nan va axloqan go‘zal tarbiya egasi bo‘lgan inson voyaga yetadi. Oila shunday makonki, unda avlodlar kamol topadi. Ajdodlarimiz azaldan oila mustahkamligi, sog‘lom avlod tarbiyasiga doimo e’tiborda bo‘lganlar. Bunday e’tibor avlodlar qalbi va ruhiyatiga singdirib borilgan.
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlovchi muqaddas maskan hamdir. Oilada biz va avlodlarimiz tarbiya topib, ulg‘ayamiz, dunyoni anglaymiz hamda barchamiz turli fe’l-atvor kasb etib boramiz.
Oila azaldan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oila a’zolari muayyan turmush tarziga, tartib-qoidalarga rioya qilgan. Tajriba orttirish, saranjomlik va tejamkorlik, qat’iylik va to‘g‘riso‘zlik singari odob-axloq me’yorlarini kamol toptirish azaldan oilaning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan. Agar oilada hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat, bir-biriga ishonch kuchli bo‘lsa, rostgo‘y, samimiy, mehribon, o‘z yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, qo‘shnilariga doimo yordam berishga tayyor bo‘lgan insonlar voyaga yetadi.
Uyga Vazifa
Quyidagi berilgan matnni o’qib, pastdagi savollarga javob yozing.
Ota go‘dak farzandini suyganda baland ko‘taradi. Bu – mendan-da ulug‘ bo‘l, bolam, degani. Bu – haqiqiy g‘amxo‘rlik va farzandni barcha narsadan, hatto o‘z-o‘zidan aziz bilish ifodasi. Ota farzandi maktabga borganida uni quchog‘iga olar ekan, peshonasidan o‘padi. Bu – toleying porloq bo‘lsin, degani. Ertaning umidi bor unda, farzandining iqboli uchun har narsaga tayyorlik mujassam bo‘ladi ushbu mehrda. Harbiy xizmatga kuzatayotganda ota o‘g‘lining belidan dast ko‘taradi. Bu – Vatan xizmatiga bog‘lagan beling mustahkam bo‘lsin, degani. O‘qishni bitirib, o‘g‘li qo‘lidan ishini olganida ota duoga qo‘l ochadi: “Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, bolam...” O‘shanda uning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rmaysiz, qalbidagi iftixorni tasavvur qila olmaysiz. Farzandining ulug‘ ishlarni qilganini ko‘rganida esa “ota o‘g‘il” deb suyadi, qiziga esa “ona qizim” deb murojaat etadi... Buning tagida shunday hikmat bor: “Bugun seni suysam, ertaga senga suyanaman!”
Savollarga javob yozing.
1. Oilada ota-onangiz siz yoki uka-singillaringizni erkalab qanday ezgu so‘zlarni aytadi?
2. Oilaning mustahkamligiga siz qanday hissa qo‘shasiz? Fikringizni asoslang.
3. Quyidagi matnni o‘qing va o‘z oilangizdagi holat bilan solishtiring.
Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin