Har bir xalqning o‘z umumxalq bayram- lari bor. Chunki umumxalq bayramlari marosimlar ichida eng go‘zali, chiroylisi yoki gultojidir. O‘zbek
xalqining shun-
day go‘zal shodiyona kunlaridan biri — Mustaqillik bay- ramidir.
l99l-yil 3l-avgustda XII chaqiriq O‘zbekiston Oliy Ken- gashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qilish to‘g‘- risida$ Qaror qabul qildi. Qarorda: «l-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va l99l- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin$, — deb qat'iy belgilab qo‘yildi. Muqaddas orzu ushaldi. 1hunday qilib, xalqimizning asriy orzusi amalga oshdi va o‘zining Mustaqillik bayramiga erishdi. Har yili ushbu bayramda katta tantanali yig‘ilish, Mustaqillik maydonida maxsus konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Respublikamizning barcha viloyatlari, shaharlari va qishloqlarida shod-xurramlik bilan Mustaqillik kuni bayram qilinadi. Mahalla va guzarlarda xalqqa bepul osh tarqatiladi, xalq o‘yinlari, badiiy jamoalarning keng bayram konsertlari namoyish etiladi.
Mamlakatimiz Prezidentining Farmoni e'lon qilinib, mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan, mustaqillikni mustahkamlash- ga katta hissa qo‘shgan kishilar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Respublikamizda katta-katta
ishlab chiqa- rish korxonalari, yirik qurilishlar, madaniy-maishiy obyektlar bayramda ishga tushiriladi yoki foydalanishga topshiriladi. Mustaqillik bayramida istiqlolga erishgan xalqimizning ruhi, uning boy o‘tmishi va
sermazmun buguni hamda buyuk
kelajagi aks etadi.
davrlardan beri nishonlab kelinardi. Lekin xudosizlikka asoslangan sobiq Ittifoq davrida bu bayramga diniy tus berilib, nishonlanmaydigan bo‘lgan edi. «Navro‘z$ rasmiy bayramlar qatoriga kiritilmagan va norasmiy taqiqlangan. Lekin 60-yillarning o‘rtalarida xalq bu bayramga e'tibor
bera boshladi, matbuot, radio, televideniyada ba'zan yori- tila boshladi. 80-yillarning o‘rtalarida «Navro‘z$ni O‘zbe- kistonda xalq bayrami sifatida nishonlash masalasida yangi to‘siqlar paydo bo‘ldi. l985—l987-yillarda ommaviy axborot vositalari bu bayramni chetlab o‘tishdi. Bu borada katta tortishuv yuzaga keldi. Respublikaning ilg‘or yozuvchilari, olimlari va madaniyat xodimlari tomonidan «Navro‘z$ qadimdan davom etib kelayotgan haqiqiy xalq bayrami ekanligi,
uning mohiyati din bilan emas, tabiat qonunlari bilan bog‘liqligi va uni eng yaxshi an'analar asosida davom
ettirish lozimligi haqida jiddiy so‘zlar aytildi.
Buning natijasida «Navro‘z$ haqiqiy xalq bayrami sifa- tida keng nishonlanadigan bo‘ldi. l990-yildan boshlab 2l- mart, ya'ni «Navro‘z$ bayrami nishonlanadigan kun mam- lakatimizda dam olish kuni deb e'lon qilindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng «Navro‘z$ respublikamiz- ning asosiy rasmiy bayramlaridan biriga aylandi.
«Navro‘z$ bayrami o‘ziga xos katta tarixga ega. Bu bayram asli qadimiy dehqonchilik kalendari bilan bog‘liq bo‘lib, Yerning shimoliy yarim sharida bahorgi kecha bilan kunduz teng kelgan kunlari — 20—2l-martda boshlanadi. O‘sha davrda butun tabiat uyg‘ona boshlaydi. Bunday yangilanish jarayonining boshlanishi shamsiy (Quyosh) yil hisobida 2l-martga to‘g‘ri kelgan birinchi yangi kunni
«Navro‘z$ deb ataganlar.
O‘rta asrning buyuk mutafakkiri Beruniy mazkur yil hisobining boshlanish oyi hisoblangan farvardin oyi to‘g‘risida shunday yozadi: «Navro‘z$
yangi yilning birinchi