Har bir xalqning o‘z umumxalq bayram



Yüklə 64 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2022
ölçüsü64 Kb.
#73913
1   2
Документ Microsoft Word

Ki bu sir erur olam afru ham, Xususan, erur fasli Navro‘ ham.


Navro‘z haqida juda ko‘p tarixiy asarlar, rivoyatlar mavjud. Yuqoridagilardan tashqari A. Firdavsiyning
«1hohnoma$, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit- turk$, Xoja Ali Termiziyning «Navro‘znoma$, «1olnoma$
asarlarida, shuningdek, Mashrab, Ogahiy, Muqimiy, Fur- qat, Nodira, Uvaysiy, Zebuniso ijodlarida Navro‘z haqida fikrlar bayon etiladi. Ogahiy Navro‘zni shunday kuyladi:
2y yor sanga tangri taborak bo‘lsun, Navro‘ ila to a yil muborak bo‘lsun, Ilohi, har kuning Navro‘ bo‘lsun, Hamisha toleing Veru bo‘lsun.
Mustaqil O‘zbekistonda «Navro‘z$ har yili katta tantana bilan nishonlanmoqda. «Navro‘z$ arafasida umumxalq hasharlari o‘tkaziladi. Oy davomida xayriya ishlari: yetim, nogironlarga, muhtojlarga yordam berish, qariyalarni qadr- lash, ular holidan xabar olib ziyorat qilish, kasallar holidan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlar ulashish, bolalar uylariga turli sovg‘alar topshirish tadbirlari amalga oshiriladi. Barcha kasb egalari «Navro‘z$ga atab o‘zlarining xayriyalarini, hadyalarini tayyorlaydilar.
«Navro‘z$ arafasida va bayram kunlari sumalak, halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara va boshqa turli-tuman taomlar pishiriladi. Qizlar «Navro‘z$da kiyadigan liboslarni tay- yorlashga kirishishadi. «Navro‘z$ga san'at ahli alohida tayyorgarlik ko‘radilar. Ular «Navro‘z$ga bag‘ishlangan kuy, qo‘shiq, raqs tomoshalarini qunt bilan tayyorlaydilar va turli joylarda, sayilgohlarda xalqqa ijro etib beradilar. «Navro‘z$ kunlari shahar va qishloqlarda katta tomoshalar, tantanalar va xalq sayillari bo‘lib o‘tadi.
«Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch$ kitobida aytilganidek:
«Milliy ma'naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram — sharqona yangi yil bo‘lmish Navro‘z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o‘tkazadigan Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lib kelmoqda$.
Poytaxtimizning «Milliy bog‘i$da har yili respublikada eng yirik «Navro‘z$ teatrlashgan tomoshalari bo‘lib o‘tadi. Bu markaziy tadbirda turli san'atkorlar milliy raqslarini, bahorni kutib olish, tabiatning yangilanishi, insonlar dillari- ning poklanishi va dalalarda yangi mehnat mavsumiga bag‘ishlangan kuy, qo‘shiqlar ijro etishadi, har bir viloyat vakillari maxsus tomoshalar ko‘rsatadi.
Navro‘zga bag‘ishlangan tomoshadan keyin barcha viloyatlar markazlarida, poytaxtning asosiy maydon va ko‘chalarida umumxalq sayillari bo‘lib o‘tadi, turli tanlov- lar, musobaqalar tashkil etiladi.
Hozirgi davrda mustaqil diyorimiz uchun «Navro‘z$ kishilarga yasharish va bunyodkorlik, poklanish va yangi- lanish, ruhiy ko‘tarinkilik olib keladigan asosiy bayram bo‘lib qoldi.

Qurbon va Ro‘za hayitlari
Yurtimizda islom dini bilan bog‘liq Ro‘za va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelingan.

Lekin sobiq Ittifoq davrida bu bayramlar ham taqiqlangan edi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan ushbu bayramlar milliy qadriyat sifatida qayta tiklandi. O‘zbekiston Res- publikasi Prezidentining l99l-yil 20-iyunda «Diniy bay- ram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish haqida$, l992-yil 27-martda «Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to‘g‘risida$ Farmoni chiqdi. Farmonda, jumladan, shunday deyiladi: «Mustaqil O‘zbekiston Respub- likasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar o‘rtasida mehr-oqibatni barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram — Ro‘za hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb tayinlansin$.
l99l—l992-yildan boshlab har yili mamlakatimizda Qurbon va Ro‘za hayiti umumxalq bayrami sifatiga nishonlanadi. Ushbu bayram kunlari birinchi navbatda dunyodan o‘tganlar ruhiga tilovat qilinadi, kasallar, nogi- ronlarga yordam beriladi, qarindosh-urug‘lar, yaqin kishilar

bir-birlarini qutlashadi, omonlik tilashadi. Bolalar ham, kat- talar ham yaxshi kiyinishib, turli sovg‘a-salomlar ulashila- di. Mahallalarda qizlar «kelin ko‘rdi$ga borishadi. Umuman, bu hayitlar xalqimizning hamjihatligiga, mehr-shafqatning kuchayishiga, oqibatli bo‘lishga xizmat qilib kelmoqda.
1hukronalar bo‘lsinki, xalqimiz mustaqillik sharofati bilan o‘zligimizni namoyish qiladigan an'analarimiz, oilaviy-
maishiy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni tiklash, ularni mazmunan boyitish, umrboqiyligini ta'minlash imkoniyatga ega bo‘ldi. 1harq xalqlarining muhim qadriyati hisoblangan
«Navro‘z$, «Mehrjon$ bayramlari, qadimiy diniy qadriyatlar hisoblanmish «Ro‘za hayiti$ va «Qurbon hayiti$ xalqqa qaytarildi. Ular bilan bog‘liq rasm-rusum, urf-odatlar, udumlarni davr talabiga, insonlarning ehtiyojiga moslashti- rishga harakat qilinmoqda.
Ayniqsa bu sohada Respublikamiz Prezidentining «9 mayni Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilinishi to‘g‘- risida$gi Farmoni katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘sha kuni yetim-yesir va qariyalar holidan xabar olish, ota-ona va qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish mehr-oqibatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek: «Biz 1harq farzandi ekanimizdan, o‘zimizning urf-odatlarimizdan faxr- lanamiz. Milliy qadriyatlarimizni asrash va hech qachon unutmaslik haqida ota-bobolarimizdan tarbiya olganmiz. Endi esa buni bolalarimizga ham o‘rgatyapmiz$.

Jamiyat ma`naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Shu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat o`z ma`naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi, tafakkurida ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg`otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko`tarila olmaydi. Ma`navit insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da`vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon irodasi, e`tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg`otadigan qudratli kuchdir. Tarixdan ma`lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujmiga duchor bo`lgan, qaramlik va julm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma`naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo`lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzimi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma`naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko`plab masjidumadrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Jamiyat ma`naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta`minlovchi ma`naviy-ma`rifiy islohotlarning yo`nalishlari belgilab olindi. Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma`naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo`sh, ma`naviy merosning o`zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo`lmoqda? Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.



Mustaqillik yillarida o‘tmishimizga, ma’naviy qadriyatlar va an’analarimizga munosabat tubdan o‘zgardi. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobida ta’riflanganidek, insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch ma’naviyat hisoblanadi.
Istiqlol yillarida mustabid tuzum davrida millatimizni kamsituvchi, buzib ko‘rsatilgan tarixiy haqiqatlar tiklandi. Milliy bayramlar va urf-odatlar asl holiga qaytdi. Millatning asosiy belgilaridan biri urf-odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi hisoblandi. Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtiradigan va aks ettiradigan ko‘zgudir. Xalq bayramlarining tiklanishi madaniyatimiz tarixida o‘ta muhim voqea bo‘ldi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng qimmatli tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.
Bayramlarning o‘z tasnifi mavjud bo‘lib, ular:
–avloddan avlodga o‘tib kelgan an’anaviy bayramlar va u yoki bu millat tarixidagi muhim voqea-hodisalar nishonlanadigan milliy bayramlar, ya’ni har bir millat (xalq) ning muayyan hayot kechirish sharoitlari, tarixiy, ijtimoiy-siyosiy omillar faqat shu xalq­qa (bu borada o‘zbek xalqi nazarda tutiladi) xos bo‘lgan bayramlar;
8mazmun va ko‘rinishida diniy aqidalar va shariat qonunlariga amal qilish (Ramazon, Qurbon Hayitlari)ga qaratilgan diniy bayramlar;
–muayyan davlatning tashkil topgan kuni, davlatning Qomusi-Konstitutsiya qabul qilingan kun, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni – –-mart, Xotira va qadrlash kuni kabi ijtimoiy-siyosiy bayramlar;
–oilaviy bayramlarning tub negizida etnognesiologik xususiyatga molik marosimlar o‘z aksini topgan;
–kasb-hunar bayramlari ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lib, «O‘qituvchi va murabbiylar kuni», «Shifokorlar kuni», «Transport xodimlari kuni», «Ichki ishlar xodimlari kuni», va boshqa o‘nlab kasb-kor va hunarlar bayramlaridir.
Mustaqillik yillarida, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklari hisobga olinib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi bayramlarni shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida Navro‘z, Ro‘za va Qurbon hayiti bayramlari rasman tiklanib, keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar «Mustaqillik kuni» va «Konstitutsiya kuni» umumxalq bayrami deb e’tirof etildi. O‘z navbatida sho‘ro davrida nishonlangan umuminsoniy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi Yangi yil, xotin-qizlar bayrami mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.
Bu bayramlar mazmunan umum­insoniy, milliy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, O‘zbekiston xalqining o‘tmish ajdodlariga hurmat, zamon yangiliklariga shukronalik, kelajakka ishonch tuyg‘ularining ifodasi sifatida mustaqillik shukuhiga transformatsiyalashgan ya’ni moslashgan insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi bayramlarga aylandi.
Amir Temur kabi ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarimizning O‘zbekistonda yangi davlat qurilishiga transformatsiyalashuvi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i (1991 yil 1–-noyabr), Davlat gerbi (1992 yil 2-iyul), Davlat madhiyasi (1992 yil 10-dekabr) to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilinishi, Mustaqil O‘zbekiston davlatining shakllanishi va jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishida olamshumul ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, har qanday davlat va jamiyat bayramlarining negizida muayyan maqsad yotganidek, yurtimiz bayramlarining yangi zamon ruhiyatiga transformatsiyalashuvi mohiyatida kishilarni Vatan ravnaqiga, farovon hayot barpo etishga safarbar etadi.
Milliy oʼzlikni anglash hamda milliy qadriyatlarni qayta
tiklash jarayoni bevosita oʼzbek xalqining judayam ulkan maʼnaviy
merosini, uning milliy anʼana va urf-odatlarini oʼz tarkibiga
olgan madaniy hayoti tarixini jiddiy tarzda oʼrganish masalalari
bilan chambarchas bogʼliqdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyot davomida kelib
chiqishi, mazmun-mohiyati hamda ijtimoiy hayotda qaror topishiga
binoan anʼanaviy, diniy, milliy, boshqa bayramlar shakllangan.
Ularning eng qadimgi ajdodlardan kelgusi avlodlarga maʼnaviy
meros tariqasida oʼtib keladiganlari boʼlsa anʼanaviy bayramlar
hisoblanadi.
Аnʼanaviy bayramlar qadim zamonlardayoq kishilarning Ona
tabiatga boʼlgan mehr-muhabbatlarini yaqqol aks ettirib, ularning
diniy hamda mifologik eʼtiqodlarini ifodalagan boʼlsa, hozirgi
davrda katta ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega
boʼlgan oʼziga xos benihoya ulkan bir maʼnaviy koʼzgu hisoblanadi.
Bayramlar qadim-qadim zamonlarda hamda turli makonlarda
bani basharning maʼnaviy ehtiyoji sifatida vujudga kelgan va oʼz
vaqtida muayyan mafkuraviy vazifalarni ham bajarib kelgan.
Turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida jamiyat hayoti
ham oʼzgarib borgani sari unga mutanosib tarzda bayramlar ham
mavjud voqelikka asta moslashib boraravergan. Аyni bir paytda
har bir avlod ajdodlaridan meros bayramlarga oʼz zamonasining
talablaridan kelib chiqqan holda yangi-yangi elementlarni qoʼshgan.
Natijada, bayramlar dunyo madaniyati ulkan xazinasiga yigʼilgan
oʼta qimmatli maʼnaviy boyliklarni uygʼunlashtirish vazifasini
ham ado eta boshlagan.
6
Bayramlar bashariyat madaniyatining boshlangʼich shaklidir.
Shu boisdan ham ayyomlar insoniyatning oʼzi bosib oʼtgan minglab
yillik soʼqmoqlarini, yoʼllarini, shohkoʼchalarini chuqur anglashi,
judayam katta mashaqqatlar bilan qoʼlga kiritilgan gʼalabalardan
magʼrurlanishi, ertangi kunlarga katta umid bilan qarashiga yordam
beradi. Ularda xalqning koʼtarinki ruhi, bir vaqtning oʼzida esa,
uning shon-sharafli oʼtmishi, oʼta sermazmun oʼtayotgan buguni hamda
porloq kelajagi aks etadi.
Bayramlarning ijtimoiy-siyosiy, tarixiy hamda maʼnaviymaʼrifiy ahamiyati, eng avvalo, shu bilan ham belgilanadiki, u
nihoyatda muhim urf-odatlar, marosimlar va anʼanalarni qoʼllabquvvatlab, umuminsoniyat madaniyatining ulkan yutuqlarini yanada
mustahkamlaydi. Аynan shu singari sabablarga binoan bayramlar
insoniyat madaniyatining gʼoyatda muhim shakllaridan biri boʼlishi
bilan bir qatorda, uni doimiy ravishda rivojlantirib, yanada
taraqqiy ettirib borishdagi gʼoyatda samarali maʼnaviy-maʼrifiy
vositalardan biri ham hisoblanadi.
Ulugʼ ajdodimiz Mahmud Koshgʼariy ming yillar muqaddam
unga shunday bir ajoyib taʼrifni bergan edi: «Bazram – odamlar
orasida shodlik va kulgu. Gullar ochilgan joylarga bazram yer
deyiladi. Yaʼni, juda yoqimli yer demakdir. Oʼgʼuzlar hayit kunini
bazram deydilar, yaʼni shodlik va yoqimli kun». Haqiqatan ham
bayramlar shunday darajadagi koʼtarinki ruhiy kayfiyatni ham
vujudga keltiradiki, unda odamlar boshqa kunlardagiga nisbatan
yanada xursandroq hamda shodonroq-xurramroq boʼladilar. Shunday
nuqtai nazardan qaraganda, bayramni maʼlum bir vaqtdagi oʼziga
xos ideal hayotning shakli sifatida baholashimiz ham mumkin.
Insoniyat bayramlari, jumladan oʼzbek xalq bayramlarining
judayam koʼp afzalliklari va diqqatga sazovor tomonlari mavjud.
Faylasuf Usmon Qoraboev «Oʼzbekiston bayramlari» kitobida
ularning eng muhim jihatlarini alohida ajratib koʼrsatgan edi:
«Bayram ulugʼvor ishlarning tantanali ravishda boshlanishi hamda
muvaffaqiyatli tugallanishi singari daqiqalarda ham vujudga
keladi. U kishilarning kurashi, mehnati hamda boshqa sohalarda
erishgan yutuqlariniyam ifodalaydigan hodisadir. Bayram – orzu,
7
mehnat, kurashning gʼalabasi, … hayotning eng yaxshi tomonlarini
aks ettiradigan «koʼzgu»dir, … kishilarda (nekbinlik) optimizm
– hayotbaxsh ruh uygʼotish uchun xizmat qiladi».
Bashariyat bayramlari, shu jumladan, oʼzbeklar ayyomlarining
bir qator afzalliklarini hamda uning diqqat-eʼtiborga sazovor
jihatlaridan boxabar boʼlib qoʼyish esa hech birimizga ortiqchalik
qilmasa kerak:
1) Bayramlar, eng avvalo, hayotning davomi, uning eng muhim
boʼlagi, turmushdagi gʼoyatda muhim voqea, hodisalar, jarayonlarni,
qayd etib, ularni tantanali tarzda nishonlash uchun kerakli shartsharoitlarni ham yaratadi. Bayram ulugʼvor ishlarning tantanali
boshlanishi, juda muvaffaqiyatli tugallanishi kabi daqiqalarda
ham vujudga keladi.
2) Bayramlar bani bashar hayotining davomi hisoblanishiga
qaramay, baʼzan ayrim kishilar uchun, goʼyoki zerikarli oʼtayotgandek
tuyulgan eng oliy hakam boʼlmish – vaqtning monotonligini (bir
xilligini) buzib tashlab, unga muayyan ritm (maromiylik)ni baxsh
etadi. Аynan shunday sababga koʼra eng qadim-qadimdan bayramlar
(maʼlum bir vaqtda doimiy takrorlanib turgani uchun ham) oʼziga
xos vaqt oʼlchovi hisoblangan. Hozirgi davrda ham (hammamiz yaxshi
biladigan taqvim (kalendarь)ning boʼlishiga qaramasdan) bayram
kunlarida muayyan vaqtning oʼtib ketganliginiyam (masalan, Navroʼz
ayyomi nishonlanayotganida tagʼin bir yil oʼz poyoniga yetganligini)
yanada chuqurroq his qilishimiz mumkin.
3) Bayramlar, yuqorida qayd etilganidek, bashariyat hayotining
eng yaxshi tomonlarini va qirralarini aks ettiradigan oʼziga xos
oyna hisoblanadi. Oʼzingizga ham yaxshi maʼlumki, odamlar aynan
bayramlar paytida ezgu odatlari hamda xarakterlarini namoyish
etadilar. Eng chiroyli libos, kiyimlari, sarpolarini kiyadilar,
nihoyatda lazzatli taomlarni boʼlsa, maroq bilan tayyorlaydilar,
oʼzlaridagi mavjud iqtidor, isteʼdod, salohiyatlarini el-yurtga
namoyish etadilar. Bu kuni hamma benihoya koʼtarinki kayfiyatda
boʼladi. Аksariyat kishilar chin koʼngil, qalbdan sevadigan bayram
kunlarida turli-tuman illatlarni uchratisham ancha mushkullashib
qoladi: yomonlar – yaxshi, xasislar – saxiyroq, xunuklar – goʼzal,
8
chiroylilar boʼlsa yanada ham goʼzalroq boʼlib ketishiga bayramlar
chogʼida oʼzingiz judayam koʼp bora guvoh boʼlgansiz.
4) Bayramlar qadim-qadimdan ozodlik va obodlik, erkinlik
hamda farovonlik kuni hisoblangan. Chunki, ajdodlarmiz bayram
kunlarida judayam ogʼir jismoniy mehnat qilishni ayb sifatida
qoralaganlar. Аynan shu sababga binoan odamlar kundalik ishlar,
tashvishlardan ham ozod boʼlganlar. Bayram, ayyom kunlari, garchi
vaqtinchalik boʼlsa-da, barcha qiyinchiliklar hamda dardu alamlar
unutilgan, kishilar esa oʼzlarini shod-xurram boʼlishga rosa ham
shaylaganlar. Аynan shu kunda odobsizlik, oʼgʼrilik, zoʼravonlik,
fisq-fasod singari bir qator illatlar ham unutilgan.
5) Bayram kunlari odamlar orasida oʼziga xos tenglik hukm
surgan, boshqa kunlarga nisbatan barcha teng va baravar boʼlgan.
Hamma bir qozondan nihoyatda lazzatli taomlarni tanovul qilib,
bir xildagi tomoshadan bahramand boʼlganidan keyin birgalikda
sayilgohlarga chiqqan.
6) Bayram, eng avvalo, tinchlik-omonlik kuni hisoblangan, shu
kuni urush-janjallar ham, vaqtinchalik boʼlsa-da, toʼxtatilgan. Elyurtning qadimiy odatlariga koʼra bu kuni xafagarchiliklar, ginakuduratlar unutilgan, avvaldan arazlashib yurganlar oʼzaro yarashib
olganlar, tanish-bilishlar boʼlsa endi doʼst-birodarlarga aylanib
qolganlar.
7) Bayramlarni nishonlash chogʼida vujudga kelgan gʼoyaviyruhiy koʼtarinkilik kishilarga ertangi kunlarga ezgu umidlarni
bogʼlash, porloq kelajakka ishonch bilan qarash, oʼz hayotini yanada
goʼzal, ozod, obod qilishga tinimsiz ravishda undaydi va chorlaydi.
Xullas, bayram kishilar psixologiyasidagi pessimizm (badbinlik)
ruhiniyam allalab uxlatib qoʼyib, nekbinlik (optimizm)ning asta
mudrayotgan hayotbaxsh ruhini chindan uygʼotib yuborish jarayoniga
xolis xizmat qiladi.
Аjdodlarimiz umrguzaronlik qilgan, hozirda Siz bilan Biz
yashayotgan, Yevroosiyo materigining yuragi boʼlmish – Markaziy Osiyo
insoniyat sivilizatsiyasining, madaniyatining nihoyatda qadimiy
oʼchoqlaridan biri hisoblanadi. Аrxeologik tadqiqotlar boʼlsa bu
hududda eng kamida 1 million yildan buyon odamlar muqim tarzda
9
yashab kelayotganligidan dalolat bermoqda. Demak, mahalliy aholi
madaniyati, jumladan, oʼzbek xalq urf-odatlarining paydo boʼlishi
hamda shakllanish jarayoni tarixini nafaqat ming yilliklar, shu
bilan birga yuz ming yilliklarni qamrab olgan holda oʼta jiddiy
ravishda, tinimsiz tarzda oʼrganmogʼimiz darkor.
Аnʼanaviy xalq bayramlarining oʼq ildizi nihoyatda uzoq va
qadim makonlar va zamonlarga borib taqaladi. Ularni tadqiq va
tahlil etish, oʼrganish hamda bayramlar mazmun-mohiyatini teran
anglash orqali bu masalaning hozirgi zamonga, XXI asr ibtidosiga
ham bevosita daxldor ekanligiga yaqqol amin boʼlishimiz mumkin.
Kurrai zaminning turli-tuman nuqtalarida qadim-qadimdan,
oʼtmish zamonlardan hanuzga qadar rosayam katta tantanalar bilan
nishonlab kelinayotgan anʼanaviy bayramlar gʼoyatda dolzarbligini
saqlab qolgan maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning tizimidagi oʼziga xos,
judayam muhim, shu bilan birga, eng yirik koʼrinish, shakllardan
biri hisoblanadi.
Har qanday etnos sanʼati va madaniyatining turli shakllari
orasida ulkan ommani oʼziga jalb qila oladigan ommaviy tadbir
ham bayramlar hisoblanadi. Shu boisdan ham ommaviy bayramlar
kishilarning ruhiyatiga oʼta kuchli emotsional taʼsir etuvchi barcha
vositalarni birlashtirib, umumiy tarbiya tizimidagi oʼziga xos
kulьminatsion (eng baland va yorqin) halqani el-yurtga tantanali
ravishda namoyon etadi.
Hozirgi davrda, tabiat va insoniyat oʼrtasidagi munosabatlar
biroz taranglashayotgan paytda, butun Kurrai Zamin miqyosida Ona
tabiatga hamda yerni, suvni, fauna hamda florani asrab-avaylashga
doir bayramlarga qiziqish tagʼin oshayotganligini ham sezishimiz
mumkin. Binobarin, Ona tabiatni jiddiy tarzda muhofaza qilish
muammosi XXI asr ibtidosidagi dunyoning gʼoyatda dolzarb, global
muammolaridan biriga aylanib ulgurgan hozirgi juda murakkab
davrda bunday mavzuga bagʼishlangan tadbirlar, koʼrik-konkurslar,
bayramlarga hayotiy ehtiyoj va zarurat yanada kuchaymoqda. Chunki,
bunday tadbirlar kishilardagi Ona tabiat goʼzalliklarining asl
qadr-qimmatiga yetish his-tuygʼularini uyqusidan uygʼotib, ularda
Ona sayyoraning kelajagiga, taqdiriga javobgarlik va jonkuyarlik
10
uchun qulay shart-sharoitni yaratib berayotganligini oʼzingiz ham
yaxshigina koʼrib-bilib, chin dildan his etib turibsiz.
Sharq xalqlarining mushtarak ijodi – Navroʼz uzoq moziydan
bugun zamonlarga qadar yetib kelgan eng aziz va muqaddas maʼnaviy
qadriyatlardan biri, asl baynalmilal bayramdir. Uning mazmunmohiyatiga esa qadimgi ajdodlarimizning ibtidoiy va mifologik
tasavvurlaridan tortib, bugungi zamondoshlarimizning oʼta ilgʼor
qarashlarigacha boʼlgan ulkan maʼnaviyat olami singib ketgan va u
insoniyat sivilizatsiyasining behad uzoq asrlar mobaynidagi har
bir yutugʼidan doimo kattagina kuch-quvvatni olib turgan.
Bashariyatning uzoq tarixidayam Navroʼz ayyomidan qadimiyroq
bayramni topishimiz judayam qiyin, uning gʼoyatda teran ildizlari
neolit (mil. avv. VI – IV ming yilliklar. – B. I., N. I.) davriga
borib taqaladi.
Navroʼz bayramini nishonlash odamlarning Yer haqida, uning
koinotdagi oʼrni xususida mulohaza yurita boshlagan davriga toʼgʼri
keladi. Boshqacha qilib ifodalasak, Navroʼz ayyomi odamzodda Yer
haqida eng dastlabki ilmiy-geografik tasavvurlar paydo boʼlgan
zamonlardan boshlab shakllana borgan. Dastlab Navroʼz bayramini
oʼtkazish oʼtroq dehqonlarning orasida rasm boʼlgan, keyinchalik
ular orqali yarim oʼtroq hamda koʼchmanchi turkiy xalqlarning ham
doimiy amalda boʼlgan urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlari
tarkibiga ham asta kirib borgan. Demak, bunday bayramlar turli
guruhlarning hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ishlab chiqarish
xoʼjaligi faoliyati – dehqonchilik bilan bir vaqtda shakllangan.
Shunday qilib, hozirgi dunyo va davrda, makon hamda zamonda
bashariyatning bebaho boqiy bayrami – Navroʼz ayyomi bundan 4 –
4,5 ming yillar burun bizning oʼlkamizda paydo boʼlganligi ilmiy
jihatdan allaqachon isbotlab berilgan.
Xalqning umrboqiy qadriyatlari, udumlari va bayramlarini
yaxshi bilish, anglash hamda ularga amal qilish kishilarga milliy
oʼzligini anglashiga ham anchagina katta yordam beradi.
Ulardan oliy maʼnaviy qadriyat sifatida aql va idrok bilan
alohida shaxs, jamoa, xalq, jamiyat manfaatlari yoʼlida samarali
foydalanish har bir insonning muqaddas maʼnaviy burchi boʼlmogʼi
11
lozim. Bu boʼlsa insoniyat bosib oʼtgan gʼoyat murakkab yoʼllarni oʼta
chuqur, teran anglashi, qoʼlga kiritilgan gʼalabalardan gʼururlanish
hamda ertangi kunlarga katta umid bilan qarashiga yordam beradi.
Shuningdek, milliy gʼoyamizning eng muhim tamoyillaridan biri –
komil inson, jismonan va maʼnan sogʼlom, barkamol avlod taʼlimtarbiyasida ham benihoya muhim oʼrin egallaydi.
Istibdodga chek qoʼygan, porloq istiqbolni koʼzlagan milliy
Istiqlol yillarida turli anʼanaviy bayramlarning vositasida
xalqimizning boy milliy-maʼnaviy merosiyam qayta tiklanmoqda.
Joylarda madaniyatimizning negizlari, milliy qadriyatlarimiz
tiklanib, ularga esa yangidan hayotiy ruh baxsh etilayotganligidan
oʼzingiz ham boxabarsiz.
Buyuk Ota makonimiz – Oʼzbekiston Respublikasida yuksak
taraqqiyot tayanchi – sogʼlom va barkamol avlodning shakllanishida,
yoshlarimizning ongi va qalbida milliy gʼurur, milliy iftixor va
eng yuksak vatanparvarlik gʼoyalarini kamol toptirishda anʼanaviy
bayramlarning ahamiyati beqiyos.
Bayramlarning mazmun-mohiyatida ulugʼ xalqimiz tomonidan
minglab yillar mobaynida toʼplangan nihoyatda ulkan tarixiy va
hayotiy tajriba mavjud.
Milliy Istiqlolimizning istiqbolli yillarida, maʼlum
darajada unutilib borilayotgan bayramlarning benihoya ijobiy
anʼanalarini saqlab qolib, ularni erkin, yosh avlodning maʼnaviy
mulkiga aylantirish, kelajagi nihoyatda porloq, sogʼlom, barkamol
avlodning taʼlim-tarbiyasiga oʼziga xos tayanch sifatida beminnat
xizmat qiladi hamda kamida 3,5 ming yillik buyuk davlatchilik
tariximiz, yengilmas kuch boʼlmish yuksak milliy maʼnaviyatimizni
yanada boyitadi.
Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin