1-ma’ruza. Bug‘latish jarayoni. Depressiya turlari. BIR KORPUSLI Bug‘latish. Moddiy va issiqlik balanslari. Reja



Yüklə 71,21 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü71,21 Kb.
#181582
  1   2   3   4   5   6
1-ma’ruza. Bug‘latish jarayoni. Depressiya turlari. BIR KORPUSLI




1-MA’RUZA.
BUG‘LATISH JARAYONI. DEPRESSIYA TURLARI. BIR KORPUSLI BUG‘LATISH. MODDIY VA ISSIQLIK BALANSLARI.


REJA:

  1. Bug‘latish jarayoni, umumiy tushunchalar.

  2. Bug‘latish turlari.

  3. Depressiya va ularning turlari.

  4. Moddiy va issiqlik balanslar.

Qattiq, uchuvchan bо‘lmagan yoki uchuvchanligi yomon bо‘lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va xosil bо‘lgan bug‘larni chiqarib yuborish jarayoniga bug‘latish deyiladi.
Odatda, sanoat miqyosida bug‘latish jarayoni eritmalarni qaynatish yо‘li amalga oshiriladi.
Eritmalarni bug‘latishdan maqsad ularning konsentratsiyasini orttirish bо‘lib, ya’ni eritmalarni quyuqlashtirishdir. Agarda, quyuqlashtirilgan eritmalardan yana erituvchi chiqarilsa, qattiq moddalar kristallana boshlaydi va kristallar ajralib chiqadi.
Suyultirilgan eritmalar konsentratsiyasini oshirish yoki ulardan erigan moddalarni kristallash usulida ajratib olish uchun bug‘latish jarayoni qо‘llaniladi.
Kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda bug‘latish jarayonidan keng kо‘lamda foydalaniladi. Masalan, tuz, ishqor kabi moddalarning suvli eritmalarini, mineral va organik kislotalar, kо‘p atomli spirtlar, shakar va konserva maxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida tomat, sut va sharbatlarni konsentrlashda bu jarayonsiz texnologiyani tasavvur qilib bо‘lmaydi. Shu bilan birga, ushbu jarayonni toza erituvchi ishlab chiqarish uchun xam qо‘llasa bо‘ladi.
Shuni aloxida qayd etish kerakki, agar bug‘lanish jarayoni qaynash temperaturasidan past, istalgan temperaturada eritma yuzasida sodir bо‘lsa, bug‘latish esa - qaynash temperaturasidan yuqori temperaturada, eritmaning butun xajmida yuz beradi.
Ushbu jarayonlar bug‘latish qurilmasi deb nomlanadigan qurilmalarda amalga oshiriladi. Ma’lumki, uzluksiz va uzlukli bug‘latish jarayonlarini tashkil etish mumkin. Uzlukli ishlaydigan qurilmalar, odatda kam miqdorda maxsulot ishlab chiqaradigan texnologiyalarda qо‘llaniladi.
Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan bug‘latish qurilmalaridan foydalaniladi va ularning issiqlik almashinish yuzalari 600...1000 m2 bо‘ladi. Bunday qurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil bо‘lib, undagi bug‘ va suv sarfi xisoblanadi.
Bug‘latish vakuum, atmosfera va yuqori bosim ostida olib borilishi mumkin.

Yüklə 71,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin