1-ma’ruza. Bug‘latish jarayoni. Depressiya turlari. BIR KORPUSLI Bug‘latish. Moddiy va issiqlik balanslari. Reja



Yüklə 71,21 Kb.
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü71,21 Kb.
#181582
1   2   3   4   5   6
1-ma’ruza. Bug‘latish jarayoni. Depressiya turlari. BIR KORPUSLI

Bug‘latish usullari.
Sanoatda mavjud texnologiyalarda asosan quyidagi bug‘latish usullaridan foydalaniladi:
- oddiy bug‘latish (uzlukli va uzluksiz);
- kо‘p korpusli qurilmalarda bug‘latish (faqat uzluksiz);
- issiqlik nasoslarini qо‘llab bug‘latish.
Eritmalar va isituvchi bug‘ xossalariga qarab xamma 3 ta bug‘latish usullari vakuum va bosim ostida о‘tkazilishi mumkin. Issiqlik eltkich sifatida, deyarli xar doim, tо‘yingan suv bug‘i ishlatiladi. Kamdan - kam xollarda eritmalar elektr toki yoki oraliq issiqlik eltkichlari yordamida isitiladi.
Oddiy bug‘latish. Issiqlik tejalishi katta axamiyatga ega bо‘lmagan va unumdorligi kichik bо‘lgan qurilmalarda oddiy bug‘latishdan foydalaniladi. Undan tashqari, temperatura depressiyasi yuqori eritmalarnigina uzlukli ishlaydigan, bir korpusli bug‘latish qurilmasida amalga oshirish iqtisodiy
jixatdan tо‘g‘ri va maqsadga muvofiqdir. Uzlukli bug‘latishni ikki xil yо‘l bilan olib borish mumkin: boshlang‘ich eritmani dastavval yuklash va oz-oz miqdorda yuklash.
Uzluksiz ishlaydigan oddiy bug‘latish qurilmasi 1-rasmda keltirilgan.

Boshlang‘ich konsentratsiyali eritma nasos 1 yordamida sarf о‘lchagich 2 orqali isitkich 3 ga uzatiladi. U yerda eritma qaynash temperaturasigacha isitiladi va sо‘ng bug‘latkich 4 ga bug‘latish uchun yuboriladi. Qurilma 4 ning pastki qismida eritma suv bug‘i yordamida isitiladi, natijada erituvchi bug‘latadi. Xosil bо‘lgan ikkilamchi bug‘ qurilma 4 ning yuqori qismi bо‘lmish separatsion bо‘limida mayda tomchilardan ajratiladi va barometrik kondensator 5 ga yо‘naltiriladi. Undan ikkilamchi bug‘ kondensatsiyalanadi.


Kondensatsiyalanmagan inert gazlar ushlagich 6 orqali vakuum - nasos 8 yordamida sо‘rib olinadi. Sovutuvchi suv bilan xosil bо‘lgan kondensat barometrik truba 7 orqali yig‘gichga tushuriladi. Quyuqlashtirilgan eritma nasos 8 yordamida tayyor maxsulot omboriga uzatiladi.
Vakuum ostida eritmalarni bug‘latish jarayonini tashkil etishning bir qator afzalliklari bor: eritma qaynash temperaturasi pasayadi; past bosimli bug‘larni issiqlik eltkich sifatida qо‘llash mumkin.

Yüklə 71,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin