Vakuum ostida bug‘latish paytida ikkilamchi bug‘ni maxsus kondensatorda kondensatsiyalash yо‘li bilan qurilmada vakuum xosil qilinadi va nasos yordamida kondensatsiyalanmagan gazlar sо‘rib olinadi. Bu usulda jarayon olib borilsa, eritmaning qaynash temperaturasini pasaytirishga erishsa bо‘ladi. Natijada yuqori temperaturaga о‘ta ta’sirchan maxsulotlar sifatini saqlab qolish imkoniyati tug‘iladi. Undan tashqari, vakuumni jarayonda qо‘llash, xarakatga keltiruvchi kuch miqdorini oshiradi va bug‘latish qurilmasining issiqlik almashinish yuzasini, xamda metall sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Vakuum ostida bug‘latishning yana bir afzalligi shundaki, past temperatura va bosimli issiqlik eltkichlardan foydalanish mumkin. Bu usulda bug‘latilganda, xosil bо‘lgan ikkilamchi bug‘ni, keyingi korpusda birlamchi bug‘ sifatida qо‘llash mumkin.
Albatta, bu usulning kamchiliklari xam bor: jarayonda vakuumni qо‘llash uning narxini oshiradi; bug‘latgichdan tashqari bir nechta qо‘shimcha qurilma va moslamalar ishlatish kerak.
Atmosfera bosimida bug‘latish jarayonida xosil bо‘lgan ikkilamchi bug‘ atrof muxitga chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng sodda deb xisoblansa xam, lekin u iqtisodiy jixatdan eng tejamsizdir.
Yuqori bosim ostida bug‘latish jarayonida xosil bо‘lgan ikkilamchi bug‘ qaytadan bug‘latish jarayonida, xamda boshqa maqsadlar uchun xam ishlatish mumkin. Bu usulda jarayon yuqori bosimda olib borilgani uchun, eritmalarning qaynash temperaturasi ancha kо‘tariladi.
Boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan ikkilamchi bug‘ - ekstra bug‘ deb nomlanadi. Yuqori bosim ostida bug‘latish jarayonida ajralib chiqqan ikkilamchi bug‘ni qaytadan qо‘llash, vakuum ostida bug‘latishga nisbatan issiqlikdan tо‘la miqdorda foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun, ushbu usul faqat issiqlikka bardosh eritmalarni bug‘latish uchun kо‘llaniladi. Undan tashqari, yuqori bosim ostida bug‘latish jarayoni uchun yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni ishlatish kerak. Bu xol albatta uning eng asosiy kamchiligidir.
Atmosfera bosimi, ayrim xollarda vakuum ostida jarayon olib borilganda, bir korpusli bug‘latkichlardan foydalaniladi. Lekin, sanoat miqyosida kо‘pincha bir necha qurilmadan yig‘ilgan kо‘p korpusli bug‘latish qurilmalarida jarayonni olib borish keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda faqat birinchi korpusda birlamchi bug‘ ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi korpuslarda esa, oldingi korpusda ajralib chiqqan ikkilamchi bug‘ kо‘llanilsa, eltkich tejalishiga sababli bо‘ladi va bug‘ sarfining kamayishiga olib keladi.
Bir korpusli bug‘latish qurilmalarida xam, birlamchi bug‘ sarfini kamaytirish mumkin. Buning uchun, qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ issiqlik nasosi yordamida birlamchi bug‘ temperaturasiga tо‘g‘ri keladigan bosimgacha siqiladi va qaytadan eritmani bug‘latish uchun qurilmaga yо‘naltiriladi.