Issiqlik almashinish jarayonlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/9
tarix04.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#93323
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLAR1 (1)


ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI

Mundarija:



  1. Umumiy tushunchalar

  2. Issiqlik o'tkazuvchanlik

  3. Issikdik o'tkazuvchanlikning differensial tenglamasi

  4. Issiqlik nurlanishi

  5. Konvektiv issiqlik almashinish

  6. Issiqlik o'tkazish

  7. Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch

  8. Issiqlik almashinish qurilmalari. Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi haqida umuiy ma’lumot

  9. Foydalanilgan adabiyotlar.



1. Umumiy tushunchalar
Temperaturasi yuqori bo'lgan jismdan temperaturasi past jismga issiqlikning' o'z-o'zidan, qaytmas o'tish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi.
Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu xar xil temperaturali bo'lgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning 2-qonuniga binoan, issikdik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga o'tadi.
Issiqlik (issiqlik miqdori)— bu issiqlik almashinish jarayonining energetik xarakteristikasi bo'lib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi.
Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik tashuvchi eltkich yoki issiqlik eltkich deb nomlanadi. Issiqlik o'tkazish-issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari to'g'risidagi fan.
Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensasiyalash, bug'lanish va bug'latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan qurilmalar issiqlik almashinish kurilmalari deb ataladi.
Ma'lumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. O'z issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasi qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa sovuqlik eltkich deb ataladi.
Issiqlik va sovutchik eltkichlar kimyoviy bardoshli bo'lishi, qurilmalarini еmirmasligi va uning devorlarida qattiq, govak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qo'llanish soxalari kabi ko'rsatkichlarga katta ahamiyat berish kerak.
Temperaturasi turli bo'lgan muhitlar orasida issiqlik o'tkazish turg'un va noturg'un sharoitlarda amalga oshishi mumkin. Turg'un jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi.
Noturg'un jarayonlarda esa, vaqt o'tishi bilan temperatura o'zgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turg'un boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa -jarayonlar noturg'un bo'ladi. Undan tashqari, davriy ishlaydigan qurilmalarni yurgizish va to'xtatish, hamda ish rejimlari o'zgargan hollarda noturg'un jarayonlar sodir bo'ladi.
Issiqlik o'tkazish jarayonining asosiy kinetik xarakteristikalari bo'lib, o'rtacha temperaturalar farqi, issiqlik o'tkazish koeffisienti va uzatilayotgan issiqlik miqdorlari hisoblanadi. Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblashda quyidagi parametrlar topiladi:
1. Issiqlik oqimi (qurilmaning issiqlik yuklamasi), ya'ni issiqlik miqdori Q hisoblanadi. Issiqlik oqimini anikdash uchun issikdik balansi tuziladi va u Q ga nisbatan еchib topiladi;
2. Berilgan vaqt ichida zarur issikdik mikdorini uzatishni ta'minlovchi qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi aniqlanadi.
Buning uchun issiqlik ugkazishning asosiy tenglamasidan foydalaniladi. Issiqlik asosan 3 usulda uzatilishi mumkin. Issiqlik o’tkazuvchanlik, konveksiya va issislik nurlanishi

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin