3.2- MAVZU:
TURISTIK MAHSULOTNI ISHLAB CHIQISH VA
REJALASHTIRISH.
AMALIY MASHG’ULOT REJASI:
3.2.1.Turistlik mahsulotni samarali rejalashtirish muammolari.
3.2.2. Turistik tovarlar bozorini marketingli rejalashtirish.
3.2.3. Turistik xizmatlarni sotish kanallarini shakllantirish.
3.2.4.Turistik mahsulotni taqsimlash samaradorligi.
Tayanch so’z va iboralar:
Sikl, turmahsulot, o’sish
bosqichi, yetuklik
bosqichi, to’yinish bosqichi, pasayish bosqichi,
Galilea, Sabre, Amadeus, Gabriel,
Serina, kuchli tomonlar, kuchsiz tomonlar, samarali reklama, jozibodor,
raqobatchi,
moddiy resurs, imkoniyat, xavflar, xalqaro bozor, strategiya,
joriy
rejalashtirish, turistik taklif, turistik talab, sayohat, marshrut,
menejment
kontseptsiyasi, turistik tovar, transport, joylashtirish, ekskursiya, reklama.
3.2.1.Turistlik mahsulotni samarali rejalashtirish muammolari.
Firma turistik mahsulotni sotishni va foyda olishni oshirishni ta’minlashga
urg’u berganligi sababli, menejer mahsulotni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilishi
va bozor imkoniyatlarini aniqlashi kerak. Ko’pgina tajribali mahsulot menejerlari
o’z ishlarini hech qachon o’z tarkibiga nimani olish kerakligini to’liq
tushunmaganligi sababli yaxshi amalga oshirmaydi.
Agar rejalashtirish jarayonida topshiriq chegarasi va yakuniy natija batafsil
aniqlanmagan bo’lsa, unda adashish yuzaga keladi. Firma oliy rahbariyatining bosh
majburiyati - rejalashtirishni amalga oshirish uchun menejerni ta’riflangan nizom
va mos ravishdagi vazifaviy ko’rsatmalar bilan ta’minlashdan iborat.
Bundan
tashqari rahbariyat rejalashtirish bo’yicha menejer o’z majburiyatlarini aniq
tushunishi va bajarilishi ustidan kuzatish va nazorat qilishi kerak.
Rejalashtirish mahsulot menejeri ishining mohiyati kabi aniqlashi sababli, u
boshlovchi holatni egallashi kerak. O’zbekiston turfirmlari faoliyati tahlili
rejalashtirish bo’yicha menejment kontseptsiyasi va rejalashtirishga
qiziqishning
ortib borishdan dalolat bermoqda. Ammo u ham ma’lum kamchiliklardan holi
emas.
Rejalashtirishda eng muhim masala bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
belgilangan rejalarni hayotga tadbiq etishga munosabat, hamda mos ravishdagi
usuldan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan muammolarga nisbatan jur’atsizlik.
Shuni qayd qilish kerakki, rejalashtirish bo’yicha topshiriqlarni bajarishda
menejer
qobiliyati, firmaning rahbariyati samarali faoliyat ko’rsatish uchun mos ravishdagi
sharoit yaratganiga bog’liq bo’ladi. Qo’yida firma rahbariyati e’tiborni jalb qilishi
zarur bo’lgan asosiy tamoyillar keltirilgan: tajribali personalni tanlashdan
boshlanadi, uning majburiyatlarini batafsil aniqlab mos ravishdagi instruktsiya
bilan ta’minlash, uning ish faoliyatini shunday taqsimlash kerakki,
mintaqa-
lashtirish uchun uning vaqti qolsin. Ko’pgina firmalar mazkur tamoyillarga amal