3.2.2 Turistik maxsulot va tovarlar bozorini marketingli rejalashtirish Marketingli rejalashtirish turistik firmani muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi
va rivojlantirishning har doim muhim masalasi bo’lib qolgan. Aynan shu
rejalashtirish – agar firma bozorga yangi tovarlar va takliflar bilan chiqish uchun
kurashni davom ettirsa boshqarishning muhim instrument-laridan biri bo’lib
hisoblanadi
Turizmda
marketingli
rejalashtirish
savdo
siyosatini
muvofiqlashtirishga, foyda olish va sotish taktikasini to’g’ri amalga oshirishga
yordam beradi. Marketingning asosiy funktsiyasi bo’lib rekreatsion iste’molchilar,
talab, monopol va tijorat narxlarini, bozorni segmentlash hamda turistik-
ekskurtsiya xizmatlarini assortimentini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’siri
hisoblanadi.
Marketingli rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1.
Turistik mahsulotga bo’lgan talabni va iste’molchilarni xizmat sifatiga,
narx darajasiga qo’yadigan talablarni o’rganish;
2.
Ishlab chiqarish xarajatlari, reklama xarajatlarini hisobga olgan holda
mahsulot bo’yicha marketing dasturini tuzish;
3.
Xizmatlar, mahsulotga narxini eng yuqori chegarasini belgilash va ularni
ishlab chiqish rentabelligi;
4.
Firmani assortiment va investitsion siyosatini ishlab chiqish;
5.
Firma faoliyatini, daromad va foydani so’nggi natijalarini aniqlash.
Turistik firma uchun bunda quyidagilar asosiy maqsadlar bo’lib xizmat qiladi:
•
odatdagi bozorni saqlab qolish va himoya qilish (mijozlar);
•
yangi bozorni kengaytirish;
•
mavsumiylikni kamaytirish.
Strategiyani ketma-ket amalga oshirish. Barcha yetakchi turistik firmalar
firma strategiyasini amalga oshirish bo’yicha faoliyatni ketma-ket va
muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini beruvchi quyidagi uchta asosiy qoidaga rioya
qilishi talab etiladi:
a)
tashkilot strategiyasi bilan bog’liq bo’lmagan loyiha yoki dasturlardan
foydalanmaslik. Bu ham firmaning barcha bo’linmlariga bosh va umumiy
maqsadga erishishga yordam beradi;
b)
asosiy strategiyaga mos keluvchi, ayniqsa, agar u tashkiliy ish jarayonida
ishlab chiqilgan strategiyaga muvofiq reja va dasturlarni amalga oshirishda
imkoniyat yaratsa uni qo’llab quvvatlash.
c)
asosiy dasturlar va rejalar turistik firmani rivojlantirishning navbatdagi
strategiyalarida aks etishini kuzatib borish kerak.
Xulosa qilib, shuni qayd qilish kerakki, turistik firmalarda marketingli
rejalashtirishni qo’llash ilmiy asoslangan yo’nalishlarga amal qilishi va ishlab
chiqilishi, uni keyingi taraqqiyot istiqbolini belgilash, bozorga yanada samarali
ta’sir etish maqsadida va kompleks tahlil zaminida turizm xizmat bozorini
o’rganishni tashkillashtirilgan tizimini yaratadi. Quyida marketingli rejalashtirish
3.2-chizmada keltirilgan.