Elektrotexnika va kompyuter
muhandisligi fakulteti
talabalarini navbatdagi
kursga o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi
824-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq
tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi “Oliy
ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizom va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil 26-sentabrda 3069-raqam
ostida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini
nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizom hamda Toshkent davlat
transport universiteti rektorining 2021-yil 13-dekabrdagi 944-U sonli buyrug‘iga
muvofiq
BUYURAMAN:
1. 2021-2022 o‘quv yilida o‘tilgan barcha fanlarni o‘zlashtirish natijalariga
ko‘ra GPA qiymati 2,8 va undan yuqori bo‘lgan Elektrotexnika va kompyuter
muhandisligi fakultetining talabalari mazkur buyruqning 1-ilovasiga muvofiq
2022-yil 2-sentabrdan 2-kursga o‘tkazilsin.
2. 2021-2022 o‘quv yilida o‘tilgan barcha fanlarni o‘zlashtirish natijalariga
ko‘ra GPA qiymati 2,8 va undan yuqori bo‘lgan Elektrotexnika va kompyuter
muhandisligi fakultetining talabalari mazkur buyruqning 2-ilovasiga muvofiq
2022-yil 2-sentabrdan 3-kursga o‘tkazilsin.
3. 2021-2022 о‘quv yili mobaynida о‘tilgan fanlarni a’lo, yaxshi va (yoki)
qoniqarli baholarga о‘zlashtirgan Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
fakultetining quyidagi talabalari mazkur buyruqning 3-ilovasiga muvofiq 2022-yil
2-sentabrdan 4-kursga o‘tkazilsin.
4. Mazkur buyruq ijrosi nazorati o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
A.A.Gulamov zimmasiga yuklatilsin.
Rektor
O.K. Abduraxmanov
Loyiha kirituvchi:
Elektrotexnika va kompyuter
muhandisligi fakulteti dekani
Y.O. Ruzmetov
Kelishilgan:
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
A.A. Gulamov
Bosh hisobchi
M.M. Narova
Rektor yordamchisi
B.G‘. Qodirov
Yuristkonsult
Dostları ilə paylaş: |