O'zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini yuritish Reja 1.Davlat suv kadastrini mazmuni 2.Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil qilish. Respublika hududida suv ob'ektlarini ro'yxatdan o'tkazish, suv resurslari, ularning rejimi, foydalanish, shuningdek suvdan foydalanuvchilar to'g'risidagi miqdor va sifat baho ko'rsatkichlari haqida ishonchli, zamonaviy va tejamli axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydalanuvchilarga berishning texnologik jarayoni Davlat suv kadastrining mazmuni hisoblanadi.DSK ma'lumotlari quyidagilarda foydalanish uchun mo'ljallanadi
Suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli rejalashtirish hamda suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Mamlakat hududida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish;
suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xo'jaligi balanslarini tuzish;
Suvdan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan suv xo'jaligi, transport, sanoat korxonalari hamda boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirish
Gidrologik va gidrogeologik sharoitlar, daryolarda suv hajmi va suv sifati o'zgarishlarini
prognozlash
suv xo'jaligi tizimlari ishi samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish
suvni iste'mol qilish va chiqarib yuborishni, shuningdek, suv sifati ko'rsatkichlarini normalashtirish
Suv obektlari - Daryolar; turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sug'orishga xizmat qiluvchi kanallar; ko'llar va suv omborlari; muzliklar; yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar
Suv xo'jaligi ob'ektlari (inshootlari) - Suv xo'jaligi ob'ektlari (inshootlari)
- Gidrouzellar va suv omborlari; suv ob'ektlaridan suv olishga mo'ljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari, foydalanish quduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv ob'ektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv to'planadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari.
Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil qilish Davlat suv kadastri ma'lumotlari respublika, viloyatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlari, daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari bo'yicha, yer osti suvlari bo'limi bo'yicha esa gidrogeologiya mintaqalari bo'yicha ham tizimlashtiriladi va nashr etiladi. (O'zR VM 24.09.2003 y. 411-son Qarori taxriridagi band) Yer usti suv resurslari, ularning sifati va xo'jalik faoliyati ta'siridagi o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlar suv ob'ektlari va ularning maydonlari, davlat va davlatlararo ahamiyatga ega bo'lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, viloyatlar va umuman respublika bo'yicha umumlashtiriladi. (O'zR VM 24.09.2003 y. 411-son Qarori taxriridagi band Yer usti suv resurslari, ularning sifati va xo'jalik faoliyati ta'siridagi o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlar suv ob'ektlari va ularning maydonlari, davlat va davlatlararo ahamiyatga ega bo'lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, viloyatlar va umuman respublika bo'yicha umumlashtiriladi. (O'zR VM 24.09.2003 y. 411-son Qarori taxriridagi band Suvdan foydalanuvchilarni suv resurslari va ulardan foydalanish to'g'risidagi zarur ma'lumotlar bilan ta'minlashda tezkorlikni oshirish, shuningdek, iste'molchilarning talablarini hisobga olgan holda ma'lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish darajasini oshirish uchun "O'zgidromet" markazi, Davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi tashkil etiladi. (O'zR VM Suvdan foydalanuvchilarni suv resurslari va ulardan foydalanish to'g'risidagi zarur ma'lumotlar bilan ta'minlashda tezkorlikni oshirish, shuningdek, iste'molchilarning talablarini hisobga olgan holda ma'lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish darajasini oshirish uchun "O'zgidromet" markazi, Davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi tashkil etiladi. (O'zR VM 14.04.2004 y. 183-son Qarori taxriridagi band)
Dostları ilə paylaş: |