Karimova Feruza Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning oʻziga xos xususiyatlati



Yüklə 298,38 Kb.
səhifə1/6
tarix02.06.2023
ölçüsü298,38 Kb.
#121920
  1   2   3   4   5   6
OʻZINI OʻZI BAND QILGAN JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLATI


tayyorladi: Karimova Feruza
Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning oʻziga xos xususiyatlati


reja:
1.O’zini o’zi band qilish haqida kodeksda belgilab qo’yilgan qarorlar
2. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.
3.Foydalanilgan adabiyotlar.

OZINI OZI BAND QILGAN SHAXS SIFATIDA FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOGRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:


o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va ularning xizmatlaridan (ishlaridan) foydalanuvchilar o‘rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)” hamda “Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va ko‘paytirish” faoliyat turlari kiritilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.



Yüklə 298,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin