Mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik xususiyatlati tahlili



Yüklə 163,28 Kb.
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü163,28 Kb.
#173186
  1   2
1-AMALIY til tarixi





Mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik xususiyatlati tahlili (1-amaliy)
1-topshiriq. Savollarga javob bering.


  1. Fanda ko‘k turk yozuvining kelib chiqishi tog‘risida qanday qarashlar bor?

  2. Ko‘k turk yozuvining imlo o‘zgachaliklari qay bir belgilarda ko‘zga tashlanadi?

  3. Uyg‘ur yozuvining kelib chiqishi to‘g‘risida qanday bilimga egasiz?

  4. “Xatti Boburiy” qanday yozuv?

  5. Turkiy singarmonizm haqida numalar bibilasiz.

Javoblar
Qadimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yogʻoch va boshqa ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-asr (baʼzi manbalarda 8—10-asr)larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan got (qad. german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuvi haqida dastlab 18-asrning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg hamda nemis olimi D. G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J. P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N. M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N. M. Yadrinsev va 1891-yil V. V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yil 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-Yenisey yozuvi matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V. Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-yil noyab). V. Tomsendan soʻng V. V. Radlov turk shahzodasi Kultegin (8-asr) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasini tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qadimgi turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi.
Uygʻur yozuvi — Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan harftovush yozuvi; sugʻd yozuvi asosida paydo boʻlgan (sugd yozuvi, oʻz navbatida, qoz. ilmiy taxminlarga kura, oromiy yozuvi shakllaridan biriga borib taqaladi). Dastlabki yozma yodgorliklari 8-asr ga mansub. Uygʻur yozuvi da xarflar vertikal chiziq boʻylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan oʻngga tomon joylashtirilgan. Harfning soʻzdagi oʻrniga (boshi, oʻrtasi, oxiriga) qarab tegishli oʻrinlarda uning alohida shakllari qoʻllangan. Diniy asarlar, odatda, qatʼiy kitobiy yozuvda, rasmiy hujjatlar esa tez yozuvga asoslangan kursivda yozilgan.
XATTI BOBURIY" ("Bobur xati") — Zahiriddin Muhammad Bobur risolasi va shu risolada ilgari surilgan xat turi. "X.B." arab alifbosi asosida tuzilgan boʻlsa-da, bu alifbodan baʼzi jihatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu ham arab alifbosi singari 29 harfdan iborat. Risolada Bobur arab alifbosini tahrir qilib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish yoʻlidan boradi va shu maqsadda uni turkiy tilning talaffuz meʼyorlariga moslashtirishga harakat qiladi. U Hindistonda ekanligida bu xat bilan kitobat qilingan oʻzining bir qancha sheʼrlarini Movarounnaxr va Afgʻonistonga Humoyun Mirzo, Xoja Kalon va Hindol Mirzoga joʻnatgan edi. X.B. bilan muqaddas Qurʼoni karim ham koʻchirilgan va u "Mushafi Boburiy" deb atalgan. Bu noyob qoʻlyozma Mashhad sh. (Eron)dagi Imom Rizo yodgorlik majmuasi kutubxonasida, kseronusxasi Andijon shahridagi "Bobur va jahon madaniyati" kitob muzeyida saqlanadi.
Singarmonizm (yun. syn birga va harmonia — ohangdoshlik, uygʻunlik), unlilar garmoniyasi (ohangdoshligi) — asosan, turkiy tillarda, qisman moʻgʻul, tungusmanjur, fin-ugor, paleoosiyo tillarida uchraydigan fonetik hodisa; bunda muayyan soʻz shaklining (ham asos, ham affikslarning) barcha unlilari talaffuz (artikulyasiya) jihatdan bir turli: old yo orqa qatorga mansub (tanglay garmoniyasi) yoki lablangan yo lablanmagan (lab garmoniyasi) boʻladi. S.ning tanglay garmoniyasi qonuniga asosan soʻzning boshida (oʻzakda) til oldi unlisi kelsa, soʻz oʻrtasidagi va oxiridagi unli lar ham til oldi boʻladi. Aksincha, soʻz boshida til orqa unlisi kelsa, keyin gi boʻgʻinlarda ham til orqa unlisi keladi. Masalan, oʻzbek tilining Qoʻqon shevasida bala soʻzidagi unlilar old qator boʻlganidan unga faqat shunday unlisi boʻlgan qoʻshimcha qoʻshiladi: balalar, shuningdek, qozoq, tilidagi kblder va qoldar soʻzlari tanglay garmoniyasi asosida talaffuz qilinadi va yoziladi. S.ning bu turi oʻzbek tilining ayrim shevalari (deyarli barcha qipchoq shevalari, oʻgʻuz shevalari, shim. oʻzbek shevalari)da hozirgi kungacha toʻliq saqlanib qolgan. Lab garmoniyasida unlilar ham til oldilik va til orqalik, ham lablashish nuqtai nazaridan moslashadi. Bunday moslashishni hozirgi qirgʻiz tilida uchratish mumkin: qollor, kbldor, brdbktbr kabi. Lab garmoniyasi oʻzbek tilida deyarli uchramaydi. Umuman, hozirgi oʻzbek adabiy tili S. kridalariga boʻysunmaydi. Eski oʻzbek adabiy tilida esa S. qonuni ancha izchil va ayrim hollarda toʻligʻicha amal qilgan.

Yüklə 163,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin