10-mavzu Badiiy matnda kitobiy va umumiste’mol so‘zlar Reja



Yüklə 22,11 Kb.
səhifə1/4
tarix15.09.2022
ölçüsü22,11 Kb.
#63690
  1   2   3   4
BMLT 10 M


10-mavzu
Badiiy matnda kitobiy va umumiste’mol so‘zlar
Reja:

  1. Badiiy matnda kitobiy so’zlar.

  2. Badiiy matnda umumiste’mol so’zlar.

  3. Kitobiy va umumiste’mol so‘zlarning uslubiy xususiyatlari.

Badiiy nasrning muhim xususiyatlarini belgilovchi, nasriy nutqning boshqa turlaridan lug‘aviy jihatdan ajratib turuvchi so‘zlar badiiy-kitobiy so‘zlardir.


Badiiy-kitobiy so‘zlar nutqning badiiy adabiyot turi bilan bog‘liq bo‘lib, usulubiy imkoniyatlari keng bo‘lgan tayanch so‘zlardir.
Badiiy-kitobiy so‘zlar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: a) boshqa nutq turlarida deyarli qo‘llanilmaydi; b) umumiste’moldagi sinonimlaridan nozik ma’no ifodalash xususiyatlarining mavjudligi bilan farqlanadi; v) umumiste’moldagi sinonimlariga nisbatan emotsional-bo‘yoqdor bo‘lib, badiiy nutqning emotsional ta’sirchanligini uyushtiradi; g) shaklan jarangdor, jozibali bo‘lganligi uchun badiiy fikr ifodalashga mos. Masalan: badiiy-kitobiy barhayot so‘zi tirik so‘ziga nisbatan nozik ma’no ifodalash xususiyatiga ega.
Zero, barhayot so‘zida «abadiy tiriklik», «mangulik» tushunchasi mavjudki, bu shu so‘zning o‘ziga xos ma’no nozikligi borligini ko‘rsatadi. Yoki musaffo so‘zi umumiste’moldagi toza so‘zining sinonimi bo‘lib, ma’noning kuchli bo‘yoqdorlikda ifodalashi bilan xarakterlanadi.1 Bu so‘zlar va boshqa ko‘pgina badiiy-kitobiy so‘zlar ham shaklan jozibador, shu hijatdan ular badiiy nutq talablariga mos keladi. Zero, badiiy matnga xos muhim xususiyatlardan biri ifodaning nafisligidir. YA’ni badiiy nutq fikrni butun nozikligi bilan, emotsional jihatdan bo‘yoqdor, ifoda jihatidan ta’sirchan, obrazli bayon etuvchi nutq. Badiiy-kitobiy so‘zlar esa xudi shu xususiyatlarni ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin egallaydi. Badiiy nutqning lug‘aviy jihatdan muhim uslubiy belgisi bo‘lgan badiiy-kitobiy so‘zlarning ma’lum qismi muayyan davr uchun eskirgan, biroq ularning badiiy matnlarda aktiv uchrashi ma’lum uslubiy vazifasidan kelib chiqadi.
O‘zbek tilshunosligida til lug‘at tarkibining uslubiy jihatdan kam o‘rganilganligi so‘zlarni nutqning qaysi turiga mansub ekanligini aniqlashda, shuningdek, har bir nutq turiga xos bo‘lgan tayanch so‘zlarning miqdorini belgilashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Jumladan, badiiy nutqning tayanch so‘zlari badiiy-kitobiy so‘zlarni ajratishda ham bu holni ko‘rish mumkin. So‘zlarni uslubiy belgilari bilan ajratib ko‘rsatuvchi eng yirik tadqiqot «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da bu hol yaqqol ko‘rinadi. Lug‘atda mazkur qatlamga oid 927 ta so‘z berilgan. Bulardan 558 tasi «eskirgan kitobiy», 318 tasi «kitobiy» va 53 ta so‘z «poetik» belgilari bilan qayd etilgan.1 Lug‘atda bir qator aynan badiiy-kitobiy bo‘lgan so‘zlar hech qanday belgisiz berilgani holda, masalan:
Yüklə 22,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin