10-mavzu Badiiy matnda kitobiy va umumiste’mol so‘zlar Reja



Yüklə 22,11 Kb.
səhifə2/4
tarix15.09.2022
ölçüsü22,11 Kb.
#63690
1   2   3   4
BMLT 10 M

barhayot, baxsh (baxsh etmoq), barhamand, butkul, dargoh, diyor va boshqalar) uchraganidek, so‘zlarni uslubiy jihatdan belgilashda ba’zi noaniqliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Mazkur tadqiqot shu yo‘nalishdagi ilk tajriba bo‘lganligi uchun bu holat tabiiydir. So‘zlarni uslubiy jihatdan belgilashda professor A.Hojiyev aniq yondoshgan. A.Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» kitobida 126 so‘z «kitobiy», 35 so‘z «eskirgan kitobiy», 23 so‘z «poetik», 27 so‘z badiiy uslubga xos va 13 so‘z yozma nutqqa xos sifatida belgilanadi. Shuningdek, 110 so‘zning so‘zlashuv uslubida qo‘llanilmasligi ta’kidlanadi.
Yuqoridagi manbalar va ushbu tadqiqot uchun to‘plangan maxsus kartoteka materiallarida badiiy-kitobiy leksikaga oid 4000 dan ortiqroq so‘z qayd etildi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, avvalo bu miqdor badiiy-kitobiy so‘zlarning aniq moqdori emas. Ikkinchidan, ushbu miqdorni juda katta lug‘aviy qamrovga ega bo‘lgan badiiy matnning lug‘aviy jihatidan alohidaligini ta’minlashi uchun yetarli miqdor ham deyish qiyin. Biroq gap so‘zning miqdorida emas, balki uning uslubiy vazifasi va nutqning shu turida qo‘llanishi uchun tabaqalanganligidir. Shu jihatdan badiiy-kitobiy so‘zlar alohida diqqatni jalb qiluvchi guruh ekanligi shubhasizdir. Badiiy-kitobiy so‘zlar garchand, badiiy nutq uchun xoslangan bo‘lib, badiiy nutqda aktiv qo‘llanilsa-da, badiiy-kitobiy so‘zlar uchramaydigan ko‘plab badiiy-matnlar mavjud. Bu hol shu qatlam so‘zlarining passivligini ko‘rsatmaydi. Aksincha, shu so‘zlarning uslubiy vosita ekanligidan dalolat beradi.
Badiiy-kitobiy so‘zlarni alohida lug‘aviy guruhni tashkil etuvchi so‘zlar sifatida ajratish va ularning badiiy nutq jarayonidagi vazifalarini o‘rganishdan maqsad quyidagilar: a) badiiy-kitobiy so‘zlarning asosiy qismi nutqiy tantanovorlikni, ko‘tarinkilikni ta’minlovchi so‘zlar bo‘lib, ularning xususiyatlari faqat badiiy nutq jarayonida ochiladi; b) badiiy-kitobiy so‘zlar badiiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi, nutqining jozibadorligini uyushtiruvchi vositalardan biri, ammo mazkur so‘zlardagi bu xususiyatlar boshqa nutq turida sezilmaydi; v) badiiy-kitobiy so‘zlar o‘ziga xos leksik-semantik va stilistik xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar ham badiiy nutq jarayonida ochiladi. Bu holatlar shuni ko‘rsatadiki, badiiy-kitobiy so‘zlar badiiy nutqning muhim uslubiy belgisidir. Ular badiiy nutq jarayonidagi neytral so‘zlarga nisbatan uslubiy bo‘yoqdorlik belgilarining kuchliligi bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra bu guruhga oid so‘zlar badiiy matnlardagi ko‘pgina boshqa lug‘aviy birliklardan farqlanib turadi.
Badiiy-kitobiy so‘zlar xususiyatlariga ko‘ra turli-tuman. Bu qatlamga mansub so‘zlarning bir qismi hozirgi til nuqtai nazaridan eskirgan. Biroq turli uslubiy vazifalarni bajarish jarayonida bu so‘zlar badiiy asarlarda faol qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, badiiy matnlarda quyidagi ekirgan so‘zlarni ko‘plab qo‘llanilgan holda umratish mumkin:
Yüklə 22,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin