1 – MAVZU. KOMPYUTERNING ARXITEKTURASI HAQIDA
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Reja:
1.1.
Komp’yuterning yuzaga kelishi
1.2.
Komp’yuterning rivojlanish bosqichlari
1.3.
Komp’yuter xonasiga bo’lgan sanitariya
va gigienik talablar
1.4.
Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni to’g’ri tashkil etish
Tayanch iboralar: universal, analogli,
integral sxemalar, yarim utkazgichli,
optoelektronli, perfokarta, tezkor xotira, display,
mantiqiy element.
1.1. KOMP’YUTERNING YUZAGA KELISHI
Komp’yuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir.
Garchand u
hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa
ma`lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski
nomi – komp’yuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma`lumotlarni
qayta
ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning
tushunchasida
go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy komp’yuter bor xolos. Bunga
albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy komp’yuterlar ilgari
universal deb hisoblangan komp’yuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha
oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p
masalalarni echish uchun bu
komp’yuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda komp’yuter
termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM
(hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz
soddalik uchun faqat komp’yuter terminidan foydalanamiz. Komp’yuterlarning
amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz),
raqamli-analogli,
maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli komp’yuterlar foydalanilishi,
bajaradigan
amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari
yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan
mamlakatlarda komp’yuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.