Multimediyaviy komputerlarning texnik ta’minoti
bilan tanishish
______________________________
______________________________
______________________________
______________________________
______________________________
______________________________
Reja
1. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot
2. Kompyuterning qurilmalari
Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi
bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga
qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli
ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida
go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta
sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb
hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa,
ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni
qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron
hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi.
Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda
turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli – analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo,
raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash
amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq
foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi
keng qo`llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning
razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin:
– super kompyuterlar (Super Computer);
– blok kompyuterlar (Manframe Computer);
– mini kompyuterlar (Minicomputer);
– shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
– bloknot(noutbook) kompyuterlar.
Shaxsiy komputer quyidagi qurulmalardan tashkil topgan,
1. Sistema bloki
2. Monitor
3. Klaviatura
4. Sichqoncha
5. Tashqi qurilmalar.
Sistema bloki
- Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular
quyidagilardir: Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan)
mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan
ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi
(HDD-Hard Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD
ROM-Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema
blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash
mumkin.
Monitor
- Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko`rish) uchun
xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan
ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan
nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba’zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe
radiation) so`zlarini uchratish mumkin.
Klaviatura
- Komputerga maʼlumot kirgizish uchun yoki biror bir qurilmani boshqarish uchun
moʻljallangan maʼlum tartibda joylashgan dastak tugma. Odatda, tugmachalar qoʻl barmoqlari
bilan eziladi. Lekin, sensorli klaviaturalar ham boʻladi.
Sichqoncha
- Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishali bo`ladi: chap, o`ng va o`rta. Chap va
o`ng klavishalar programma asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida
asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O`ng klavisha kontekst meny deb
ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyning vazifasi joriy holatda u yoki
bu amalni tezroq bajarish bilan bog`liq. O`rta klavisha hozirda xususan, varaqlash (Page Down,
Page Up amaliga o`xshab) maqsadlari uchun qulay.
Dostları ilə paylaş: |