«Bolajonlar muzeyi» Kitob shaklida sahifalangan ko‘rgazmali qurolning ikkinchi qismi «Bolajonlar muzeyi»



Yüklə 13,71 Kb.
tarix09.09.2022
ölçüsü13,71 Kb.
#63529
bolajonlar muzeyi


«Bolajonlar muzeyi»
Kitob shaklida sahifalangan ko‘rgazmali qurolning ikkinchi qismi «Bolajonlar muzeyi» deb nomlanib, unda millatimizning faxri va g‘ururi bo‘lgan tabiiy va milliy ishlab chiqarish mahsulotlarining rasmlari joylashtirilgan. O‘qituvchi mustaqillik darslarida mazkur rasmlardan foydalanib suhbat uyushtiradi va o‘quvchilar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘ulari shakllantiriladi.

Ko‘rgazmada mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan uzluksiz ta’lim tizimi — maktab, akademik litsey va kollejlar, milliy davlatchiligimiz ramzlari, paxta, oltin va pillamiz, shuningdek, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar o‘rin olgan. Agar o‘qituvchi boshqa biror mavzuda suhbat uyushtirishni xohlasa, bu rasmlarni olib, uning o‘rniga boshqalarini qo‘yishi ham mumkin.

Yasalishi:

Bo‘yiga 50 sm. eniga 40 sm. bo‘lgan 4ta qattiq karton qog‘oz olinadi. Ularning usti bir xil tusdagi rangli qog‘ozlar bilan bezatiladi. Bu bezatilgan to‘rtta qog‘oz yelim yordamida o‘zaro yopishtirilib, kitob sahifalariga o‘xshash shaklga keltiriladi. Muqova qismlari esa yaltiroq qog‘ozlar bilan bezatilib, bir va ikki raqami shakli yopishtiriladi. Birinchi raqam to‘g‘risiga birinchi sahifadagi ko‘rgazmaning nomi «Jonajon vatanimiz, uni jondan sevamiz!» deb yozilsa, pastroqda ikkinchi ko‘rgazmaning nomi «Bolajonlar muzeyi» deb yoziladi.

Ichki sahifada dastlab oltita zina tayyorlanadi. Zinalarning eni ko‘rgazmali qurolning enidan 3—5 sm. kichikroq, ya’ni 35—37 sm. bo‘ladi. Zinalarning o‘ng va chap tomoniga savollar solish uchun eni 10 sm., bo‘yi esa 4 sm. bo‘lgan qog‘ozchalar yopishtiriladi va zinalarning har biri o‘qituvchi fantaziyasiga qarab bezatiladi. Ularni raqamlash, ball yoki baholar bilan ham bezatish mumkin. Chunki o‘quvchi yoki guruhlar 3—4- zinalarda to‘xtab qolganida ham o‘zlarining qanday bahoga loyiq harakat qilganliklarini bilib olishadi.

Shundan so‘ng sahifaning tepa qismiga Samarqand shahri va Registon maydoni rasmlari yopishtiriladi. Pastki qismni ham o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqib biror ertak qahramonlari yoki tabiat manzaralari rasmi bilan bezatishi mumkin.



Ikkinchi sahifani yasashda asosiy ish rasmlarni joylashtirishga mo‘ljallangan sahifalarni tayyorlashdir. Buning uchun turli o‘lchamdagi kleyonka kesib olinadi va maxsus yelim yordamida sahifaga yopishtiriladi. Rasmni olib-solish uchun uning ustki qismi ochiq qoldiriladi. Kleyonkaning yopishti­rilgan chetlari bilinmasligi uchun zarli qog‘ozlar bilan bezatiladi.
Yüklə 13,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin