3-topshiriq.“Fikrlar majmuasi” texnologiyasi bo‘yicha quyida berilgan fikrlarni mazmuniga qarab alohida mavzuga birlashtiring.
Olimlar 2020 yil 21 dekabrda quyosh botgandan keyin Yupiter va Saturn sayyoralari o‘rta asrlar vaqtidan beri birinchi marta tungi osmonda bir-biriga minimal masofaga yaqinlashishini aytmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, robot-delfinning og‘irligi 270 kilogrammga teng bo‘lib, uning batareyasi 10 soatga etadi. Sho‘r dengiz suvida qurilma 10 yilga yaqin ishlab bera oladi. U nafaqat haqiqiy delfinlarning harakatini takrorlaydi, balki mushak va skeletlari bilan ham mazkur sutemizuvchi jonzotdan farqqilmaydi. Robotning barcha harakatlari operator tomonidan boshqariladi va kelajakda uning avtonomligini ta'minlash uchun kamera, datchiklar va sun'iy intellekt tizimini o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Ikki gaz giganti har 20 yil bir-biriga yaqin masofaga keladi. Ammo ular bir-biriga kamdan kam holatda minimal masofaga yaqinlashadi. Ohirgi marta bunday yaqinlashuv 1226 yil 4 martida yuz bergan. 16-25 dekabr kunlari Yupiter va Saturn o‘rtasidagi masofa Еrdan turib kuzatilganda to‘lin oyning beshdan bir qismiga teng bo‘ladi va ikki sayyora go‘yoki qo‘sh sayyoradek ko‘rinadi.
Internetdagi ko'plab foydalanuvchilar yangi yaratilgan robot-delfin haddan ortiq reallashtirilganini ta'kidlamoqda va hatto loyiha mualliflarini falsifikaciyada gumonlayapti.
Ekvator aholisi bu hodisani kuzatish uchun eng yahshi sharoitga ega bo‘ladi, ammo uni ob-havo sharoiti imkon bersa, dunyoning istalgan burchagidan kuzatish mumkin bo'ladi. Sayyoralar quyosh botgandan bir soat keyin osmonning g‘arbida ko‘rina boshlaydi. Kuzatuvchi qanchalik shimolroqda joylashgan bo‘lsa, sayyoralar ufq ortiga ketmasidan unda ushbu hodisani kuzatish uchun shunchalik kamroq vaqt bo‘ladi.
Robot Xitoyda pandemiyaga qarshi kurash doirasida yovvoyi hayvonlar savdosiga taqiqqo‘yilgani sabab mamlakatdagi akvariumlardan biri tomonidan buyurtma qilingan. Umuman olganda, loyiha mualliflari bu kabi robotlar pandemiyadan keyin ham ommalashishini prognoz qilmoqda.
Mutahassislarning ta'kidlashicha, sayyoralar keyingi safar 2080 yil 15 martda, so‘ngra 2400 yildagina yana bir-biriga yaqin keladi.