usullari. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va ta’riflari
Reja:
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va zaruriyati
Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari
Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin:
– axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish; – axborotni yo‘q qilish, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;
– axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk ob’ekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash;
– shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;
– axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash; – davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan va yana shunga o’xshash xavfsizlik masalalari.
Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi.Umumiy yo‘nalishga ko‘ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‘linadi: – O‘zbekistonning ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga tahdidlar; – Mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar; – Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya tizimlarining me’yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.
Axborot hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta tashkil etuvchilardan iborat:
Axborotni muhofaza qilish tamoyillarini uchta guruhga bo‘lish mumkin :
2. Raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini ta`minlash usullari
Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali bo‘lishi mumkin. Unga quyidagi chora-tadbirlar kiradi:
1. Qonunchilik. Axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek davlatning huquq va majburiyatlarini qat’iy belgilovchi qonuniy aktlardan foydalanish.
2. Ma’naviy-etik. Ob’ektda qat’iy belgilangan o‘zini tutish qoidalarining buzilishi ko‘pchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi joriy etilgan muhitni hosil qilish va qo‘llab quvvatlash.