Reja: Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi



Yüklə 39,45 Kb.
tarix06.04.2023
ölçüsü39,45 Kb.
#94214
OROL FOJEASI VA OROLBO23232323


OROL FOJEASI VA OROLBO’YI MUOMOLARI
Reja:
1. Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi
2. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi?
3. Qumli cho`llar ekologiyasi
4. Adr va tog` mintaqalari ekologiyasi.
5. Tog` etakalri va tog`larning ekologik muammolari
6. Sug`oriladigan yerlar ekologiyasi.
7. Ekologik ma`lum va tarbiya-biosferani saqlab qolishning muhim omili.
Tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlar ma`lum qonuniyatlar asosida borib, unin gbuzilishi ertami-kechmi, ekologik falokatga olib keladi.
Tabiiy ersurslardan pala-partish foydalanish, iqlim o`zgarishiga tuproq buzilishiga olib keladi.O`zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida rivojlanish bilan tavsiflanadi. Respublikamizdagi tabiatni muhofaza qilish mintaqaviy hususiyatlardan iborat:
- Qishloq xo`jalik va sanoat ishlab chiqarish bilan bog`liq holdagi nisbatan kichik hududda aholining zichligi. Shunin guchun insonnin gkimyolashtirilgan xo`jalik va mayishiy faoliyati natijasida atrof muhitga salbiy ta`siri kuzatiladi.
- Suv resurslarining tanqisligi, ulardan sug`orish sanoat mayishiy turmush sohalarida keng foydalanish va ularni ifloslanishi
- Respublika hududining bir qismi tog` oraliqlarida bo`lgani uchun tabiat iqlim hususiyatlari bilan havfli zona (atmosferada zararli moddalarning to`planishi bo`yicha) hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda sug`oriladigan dehqonchilikda suv resurslardan asossiz va noo`rin foydalanish natijasida, Orol va Orol bo`yi muammosi vujudga keldi. Yerning qayta sho`rlanishiva suvning yaroqsizligi ko`payib bormoqda. O`simliklar xom ashyosidan foydalanish chorvani betartib o`tlatish tabiiy manzaraga reaksiyon taziq respublikasidagi ekotizmlarning mahsulotlarni unumdorligini kamapyishiga olib kelmoqda.
Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi. Orol dengizi ilgari vaqtlarda dunyoda eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib undan ovchilik transport Amudaryo, Sirdaryo yer osti suvlari hamda atmosfera yog`inlari tushushi va yuzadan suvning bug`lanishini tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5-2 m o`zgarishi, tabiiy iqlimi xususiyatlari biloan bog`liq bo`lib, suvning hajmi 100-150 km3 suv sathi maydoni 4000 km2 ni tashkil etadi.
Sug`oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug`orishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurg`oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning belgisiga quyidagilar suv miqdori kamaydi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 marta pasaydi. Bunda dengizning hajmi 3 marta yuzasi esa 2 marta sho`rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37 g/l ga ortdi.
Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80-100 sm tashkil etmoqda. Qirg`oq chizig`i 60-80 km ga pasayib ochilib qolgan yerlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashdi hamda ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoldi. Ekologik tizimlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol janubiy oroldadir. Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy g`arbiy qizilqum Zaungauz qoraqumi janubiy ustyurt va Amudaryo deltasi kabi lanshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni 437 ming km2 bo`lsa uning janubiy qismi 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Qoraqalpog`iston hududi O`zbekistonning Xorazm viloyati Turkmanistonning Tashovuz viloyatlari kiradi.
Orol va Orol bo`yida sodir bo`layotgan jadal ravishdagi cho`llanish xodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham uni miqdor va sifat jixatidan baxolashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.
Dengiz tubini ochilishi va daryo deltalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 4mln gektar maydon yuzasi mayday tuz zarrachalari bilan qoplanib, yangi shakildahi qum qoplamlari hosil qiladi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo xududi qum tuz aerozollarini shamol yordamida ko`chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko`ra, yiliga atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang-to`zon ko`tarilishi mumkin.
Dengiz tubidan ko`tarilgan chang tuz to`zoni atmosferani ifloslanishini 5 foizdan ham orttirib bormoqda. Chang tuz to`zonlarini atmosferaga ko`tarilishini birinchi marta 1975 yili kosmosdan kuzatilgan. Bunday to`zonlar yilning uch oy davomida kuzatiladi. Chang-tuz to`zonlarining uzunligi 400 km eni esa 40 km bo`ladi, radiusi 300 km ni tashkil etadi.
Tuzlarning yer yuziga yog`ilishi paxtaning hosildorligi 5-15 foiz, sholining esa 3-6 foizga pasayib ketdi. Orol bo`yida yog`ilayotgan chang-tuz zarrachalarning umumiy miqdori o`rtacha 52 kg ni tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvini asosiy sababchialridan biri bo`lib qoldi. Qoraqalpog`iston respublikasining sug`oriladigan maydonlari chang-tuz fraksiyalari 250 kg dan, Chomboy tumanida 500 tonnagacha boradi. Sho`rlangan qum-to`zonlari yiliga Orol bo`yidagi 15 mingga yaqin yaylovlarni egallab bormoqda. G`o`za uchun ajratilgan maydonlar kasallik qo`zg`atuvchi zararkunandalar bilan zararlangan. Qishloq xo`jalik mahsulotlarning hosili pasayib ketmoqda.
Amudaryoning yuqori oqimidagi hududlarida meliorativ holati yomonlashishi (Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyadagi yerlarning ko`payishiga olib kelmoqda. Amudaryoning o`rta oqimiga joylashgan Turkmanistonning suv xo`jalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida ko`pchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ aholi bilan III va IV kategoriyaga mansub yerlar hisoblanadi. Sho`rlangan, kuchli sho`rlangan maydonlar 35-70 foizni tashkil etadi.
Tuproqlarning sho`rlanishi hisobiga qishloq xo`jalik mahsulotlari hosili O`zbekistonda 30 foiz, Turkmanistonda 40 foiz, Qozog`isotnda 30-33 foiz, Tojikistonda 19 foiz, Qirg`izistonda 20 foizga pasayib ketdi.
Markaziy Osiyoda keyingi yillarda yalpi paxta hosilining ko`payishi sezilmayapti. O`simliklar qatlamining o`zgarishi bilan umumiy yem-xashak zaxirasi 1200 dan 500000 tonnagacha kamaydi. Boshoqli har yil o`tloqzorlardan 3 marta qisqardi. Dorivor o`simliklar zaxirasi kamayib siyraklashib bormoqda. Yaylovlarning qisqarishi va hosildorlikning pasayishi chorva molla;riga o`z ta’sirini ko`rsatmoqda.
Sho`rlangan yerlar maydoni kundan-kunga ortib bormoqda. Qirg`oqchilik tufayli iqlimning keskin kontinentanligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o`rtasidagi haroratni o`zgarishi shamol tezligining ortishi suvning to`lqinlanish xodisasini kuchayishiga olib keldi. Avvali qumlar ortiqcha namlikni yutishi hisobiga, namlikni doimo ushlab turishiga cho`l o`simliklarning rivojlanishiga yordam berar edi.
Kuchli sho`rlangan yer osti suvlarining yuza joylanishi, cho`llanish jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlarining pasayishi natijasida daryoning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yubordi. Bu o`z navbatida to`qay o`simliklari maydonlarini qisqarishiga ilgari gumusga boy bo`lgan o`tloqlar o`tloq botqoqli tuproqlar unumsiz, o`tloq taqir, cho`l, qumli o`tloqlarga ayalanishiga olib keladi. Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to`lib bormoqda. Orol buyining epidemiologik ahvoli nihoyatda og`ir. Aholining markazlashgan suv bilan ta’minlash 29067 foizni tashkil etadi. Aholining yarmi ifloslangan ochiq suv xafzalaridan foydalanadi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosining asosini uning kdengiz sifatida saqlab qolishni tashkil etadi. Shuni ta’kidlash lozimki Orol o`z tarixi davomida ilmiy ma’lumotlarga qaraganda ko`p marta o`z shaklini o`zgartirgani va qurib qolgani ma’lum.
Orol dengizi dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun 100 m3km dan ortiq suv kerak bo`ladi. Orolni saqlab qolish haqida hozirgi vaqtda bir necha fikrlar mavjud.
1. Orolni qanday bo`lmasin qutqarish va avvalgi holatiga qaytarish zarur.
2. Orol dengiziga sathni barqaror bir sathga saqlab bo`lmaydi, shuning uchun uni to`liq qurishi muqarrar.
3. Orol sathini ma’lum bir sathda saqlab qolish mumkin va uni amalgam oshirish zarur.
Birinchi fikr 1985 – 1987 yillarda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari tomonidan va boshqa qardosh respublika yozuvchilari tomonidan ko`plab quvvatlangan.
Ikkinchi fikrni ba’zi meliorativ va elegatorlar ko`plab quvvatlamoqdalar. Ular barcha suvni yangi yerlarni o`zlashtirish va sug`orishga sarflash kerak. Dengizni qutqarib bo`lmaydi, uning qurishi muqarrar demoqda. Uchinchi fikr Orol muammosi bilan maxsus shug`ullangan olimlar va mutaxassislar tomonidanm ko`tarilgan. Ular o`z fikrlarini ushbu muammo uslubida olib brogan ko`p yillik ilmiy izlanishlari asosida tushuntirib dengizning barcha ekologik va ijtimiy-iqtisodiy ahamiyati to`g`ri tahlil qilingan holda, uning sathini ma’lum mutloq balandlikda saqlab qolish mumkinligini isbotlab berdilar.
Orol dengizi dastlabki mutloq balandlikka (53 m) ko`tarishni iloji yo`q.
Orol sathini ma’lum bir balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi kunda bir qancha fikrlar o`rtaga tashlanmoqda. Ba’zolar Kaspiy orolining suvlarini Orolga quyish masalasini ko`rmoqdalar. Ekologik ta’lim va tarbiya to`g`risidagi dastlabki oddiy tushunchalar, o`rta maktabda boshlanadi. Maktabda o`tiladigan nazariy ekologiya, biologiya fanlari o`qitilib, o`quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, tashqi muhitni ehtiyotkorlik bilan muxofaza qiluvchilar etib tarbiyalash ishiga yordam berish kerak.
Oliy maktablarda ekologiya ta’limi, tabiat muxofazasi masalalarning ilmiy asoslarini chuqur va har tomonlama o`rganishga inson faoliyati natijasida biosferada ro`y berayotgan xodisalarning sabab va qonuniyatlarini tahlil etish maqsadlariga qaratilgan.
Shu bilan bir qatorda u talabalarni maktablarda ekologiya asoslari va tabiat muxofazasi ta’limini o`qitishga tayyorlashni ham nazarda tutadi. Ekologik ta’lim va tarbiya quyidagi asosli bo`limlarni o`z ichiga oladi:
1. Talaba va o`quvchilarni tabiat go`zalliklarini saqlash, sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatnin grivojlanish qonuniyatlari, tabiat bialn jamiyat o`rtasidagi murakkab munosabatlar, shuningdek, inson xo`j`lik faoliyatining tabiatga ta`siri oqibatlari haqida bilim berish
3. talaba va o`quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish undan to`g`ri va ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash, ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo`lib, kishilarda tabiat oldida mas’uliyatni anglash malakasini hosil qiladi.
Vatanni sevish, vatanparvarlik, tabiatni sevishdan boshlanadi.
Binobarin o`quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg`usini hosil qilmay turib, ularni vahtanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonning tabiat quchog`ida bo`lishi uni ruhan kptetiklashtirib, uning mehnat qobilyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:
1. Kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish.
2. Ekologik o`zgarishlarni oldindan ko`ra bilishni tarbiyalash.
3. Ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash.
4. Kishilarni tabiat “Inomlari”dan to`g`ri foydalanish ruhida tarbiyalash.
5. Tabiatning normal uchun fuqorolik mas’ulyatini to`la anglash.
Ekologiya va tarbiyaning ifodasidir. Tabiatni muxofaza qilish va ekologik tarbiya masalasi pedagogika va psixologiya masalalarining eng muhim tarkibiy qismidir. Ekologik tarbiya ahloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir.
Kishilarda ekologik ong va tafakkurini ekologik dunyoqarashni hosil qilish, tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. Hamma bosqichlarda ekologik ta’lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’ulyatini yaxshi bilgan yoshlarni tayyorlash zarur.
Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi.
Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.
Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.
Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir.
Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston, shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini hisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimol qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari Orol dengizining gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻistonning shimoliy qismi Ustyurt tegisligi yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan.
Koʻlning sayoz joylari uning janubiy, janubi-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.
Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shimoliy qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Janubiy qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.
Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubi-sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan. Mutlaq dengiz sathi 2000-yillarning boshlarida 22-yillarning oxiridagi darajadan 1950 m pastroqda 31 m gacha pasayib ketdi. 2001-yilda Buyuk Orol dengizi (Janubiy) Gʻarbiy va Sharqqa boʻlingan. 2001-yilda. 2003-yilda dastlabki maydonning toʻrtdan bir qismi Orol dengizi va 10% ga yaqinini dengiz suvi qoplagan. Bugungi kunda eski chuqur dengiz oʻrniga umumiy maydoni 38000 km2 boʻlgan yangi qum va tuzli choʻllar mavjud.https://samarkandtours.com/uz/uzbekistan/aral-sea/
Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785-yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. Koʻkorol 1880-yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899-yilga kelib Koʻkorol yarim orol orol boʻlib qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.
Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11%". Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. t ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvʼyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002-yil).
Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan.
Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan.
Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi.
Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—1960-yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—1960-yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan.
Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi — 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi — 69— 72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi — 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Berg L. S, Aralskoye more, SPB,1908; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Rafikov A. A.,Tetyu yan G. F., Snijeniye urovnya Aralskogo morya i izmeneniye prirodnix usloviy nizovyev Amudari, T., 1981; Glazove kiy A. F., Aralskiy krizis, M., 1990; Akramov 3., Rafikov A. A., Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T., 1990; Xikmatov B. F., Izucheniye dinamiki elementov vodnogo balansa i mineralizatsii Aralskogomorya, Dissertatsiya na soiskaniye akademicheskoy stepeni magistra gidrologii, T., 2003.

Fazliddin Hikmatov Dauletboy Aytboyev.[1]


Orol dengizining bugungi holati (oktabr 2008)
Orol dengizi (qoz. Aral Teңіzі, Aral Tengizi, qor. Aral tenʼizi) Oʻrta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. Shimoldan Qozogʻiston, janubdan Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) yerlari bilan oʻralgan.
1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Biroq, uni taʼminlovchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining koʻp miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % qismini yoʻqotib, uchta alohida koʻlga aylandi.[2] Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq boʻla boshladi.
2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km2 dir.[3]
1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.
XULOSA
Orol dengizining ekologik ahvoli[tahrir | manbasini tahrirlash]
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʻorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961-yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3-marta, yuzasi 2-marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180—200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning kuyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiyustyurt va Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang — tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang — tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1-marta 1875-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning suʻoriladigan maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga Yaylovlarni egallabbormoqda. ~oʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori okimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyada erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproq-larning shurlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda — 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozog'istonda — 33 %, Tojikistonda — 1990 Qirg'izistonda — 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi — 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi — 69— 72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi — 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Berg L. S, Aralskoye more, SPB,1908; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Rafikov A. A.,Tetyu yan G. F., Snijeniye urovnya Aralskogo morya i izmeneniye prirodnix usloviy nizovyev Amudari, T., 1981; Glazove kiy A. F., Aralskiy krizis, M., 1990; Akramov 3., Rafikov A. A., Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T., 1990; Xikmatov B. F., Izucheniye dinamiki elementov vodnogo balansa i mineralizatsii Aralskogomorya, Dissertatsiya na soiskaniye akademicheskoy stepeni magistra gidrologii, T., 2003.

Yüklə 39,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin