Mavzu : Krizis holatdagi bemorga maslahat berish. Yo`qotish, bemor holatini o`ziga xosligi



Yüklə 176,97 Kb.
tarix09.04.2023
ölçüsü176,97 Kb.
#95400

Mavzu : Krizis holatdagi bemorga maslahat berish.Yo`qotish, bemor holatini o`ziga xosligi.

Kriz (frans. crise — xuruj) — bemor ahvolining toʻsatdan ogʻirlashib qolishi; mavjud kasallik zaminida vujudga keladi.

  • Kriz (frans. crise — xuruj) — bemor ahvolining toʻsatdan ogʻirlashib qolishi; mavjud kasallik zaminida vujudga keladi.
  • Kriz asosan, bosh miya qon to-mirlari faoliyatidagi jiddiy oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Miya, yurak, buyrak va boshqa hayotiy muhim aʼzolarda toʻsatdan roʻy bergan tomirlar spazmi natijasida vaqtinchalik qon aylanishi boʻzilib, shu aʼzolar faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar kuzatiladi. Qattiq charchash, hayajonlanish, mehnat va dam olish sharoitlarining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi, ob-havoning oʻzgarishi, bemorga toʻgʻri kelmaydigan ovqatlar yeyish, ichkilik ichish, chekish va boshqa noxushliklar Krizga sabab boʻlishi mumkin. Kriz vaqtida bemor bezovtalanadi, bosh ogʻrigʻi zoʻrayadi, qoʻl-oyoq titraydi va uvoʻshadi, koʻz xiralashib, quloq shangʻillaydi va h.k. Gipertonik, gipotonik, triotoksik Kriz shuningdek, bosh miya qon tomiri krizi, vegetativ tomir krizi va boshqa xil Krizlar farq qilinadi. Krizning oldini olish uchun asosiy kasallikni davolash kerak.
  • Gipertonik kriz — sabablari, belgilari, davolash, birinchi yordam ko’rsatish, oldini olish. Hozirgi kunda ko’pchilik odamlar yuqori qon bosimi kabi muammoga duch kelishmoqda. Tez-tez qon bosimning ortishi gipertonik kasallikning paydo bo’lishiga olib keladi. Biroq, o’z-o’zidan, surunkali shaklga ega bo’lgan gipertonik kasallik hayotga to’g’ridan-to’g’ri xavf tug’dirmaydi, lekin bu birinchi navbatda yurak-qon tomir tizimining a’zolari bilan bog’liq jiddiy asoratlar paydo bo’lishi uchun xavf omilidir. Shunga qaramay, gipertonik kasallikning kuchayish davri ham bor. Tibbiyotda bu gipertonik kriz sifatida tanilgan.
  • Holat tavsifi
  • Shuni yodda tutish kerakki, gipertonik kriz bu faqatgina birdan qon bosimi ko’tarilishigina emas. Qon bosimining epizodik ko’tarilishi nisbatan sog’lom odamlarda ham kuzatiladi, masalan, jiddiy jismoniy kuch ishlatishda, jiddiy stress holatlarida va hokazo. Qon bosimining ko’tarilishidan tashqari, gipertonik kriz, shuningdek, umumiy qon aylanishi yetishmasligini ko’rsatadigan bir qator alomatlar bilan tavsiflanadi.

Gipertonik krizning sabablari

  • Gipertonik krizning sabablari
  • Gipertonik krizning kelib chiqishi uchun javob beradigan asosiy sababchi — gipertonik kasallikdir. Shu bilan birga, bu vaziyat boshqa kasalliklarda yuzaga keladigan ikkilamchi gipertoniyalarda ham kuzatilishi mumkin:
  • Yurak ishemik kasalligi;
  • Buyrak kasalligi (pielonefritglomerulonefritsurunkali buyrak yetishmovchiligi, buyrak-tosh kasalligi);
  • Bosh jarohatlari;
  • Insult;
  • Gipertireoz;
  • Alkogolizm;
  • Gormonal muvozanatning buzilishi;
  • Aorta aterosklerozi;
  • Qandli diabet;
  • Tizimli qizil yuguruk,
  • Homilador ayollarning nefropatiyasi.

Gipertonik krizni davolash

  • Gipertonik krizni davolash
  • Agar kriz bemorda ilk marotaba yuzaga kelgan bo’lsa yoki undan oldingi holatdan ko’ra og’irroq bo’lsa, shoshilinch tibbiy yordam chaqirish kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, tez yordam guruhlari ko’pchilik hollarda gipertonik kriz tufayli chaqiriladi. Boshqa hollarda, bemorga mustaqil ravishda yordam berish mumkin.

Yüklə 176,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin