Kirish 3 I bob. Yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni



Yüklə 66,53 Kb.
səhifə1/30
tarix28.09.2023
ölçüsü66,53 Kb.
#150093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.


Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.

MUNDARIJA


KIRISH 3
I BOB. YOsh GANDbolchilarni
tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni 10
1.1. Yosh sportchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning ahamiyati 10
1.2. Jismoniy sifatlar va ularni o’rgatish jarayonidagi o’rni. 10
1.3. Jismoniy sifatlar va ularni o’rgatish jarayonidagi o’rni. 15
1.4. Tadqiqotning vazifalari, obyekti, uslublari va tajriba mazmuni 17
I bob bo’yicha xulosa 21
II BOB. SAKROVCHANLIKNING NAMOYON BO’LISHIDA
KUCH VA TEZLIK-KUCH QOBILIYATLARINING O’RNI 22
2.1. Kuch qobiliyatlarining rivojlanish darajasi va namoyon
bo‘lishini belgilovchi omillar 22
2.2. Mushaklararo muvofiqlash va mushaklarning o‘zaro
harakatini belgilovchi omillar 31
2.3. Turli mushak guruhlarining kuchini rivojlantirish uchun mashqlar 33
2.4. Kuch, tezlik-kuch, reaktiv kuch qobiliyatlarini rivojlantirish va harakatli o’yinlardan foydalanish usullari 35
II bob bo’yicha xulosa 48
III BOB. YOsh gandbolchilarda
sakrovchanlik qobiliyatini harakatli
o’yinlar vositasida rivojlantirish uslubiyati 49
3.1. Yosh sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda
harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini savolnoma asosida o’rganish 49
3.2. Yosh gandbolchilarda tezkor-sakrovchanlik
sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi 54
3.3. Yosh gandbolchilarda tezlik-kuch sifatini harakatli
o’yinlar orqali rivojlantirish samaradorligi 59
3.4. Yosh gandbolchilarda sakrovchanlik sifatini harakatli
o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi 64
III bob bo’yicha xulosa 70
XULOSA VA TAKILFLAR 71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 74

KIRISH
Yangilanayotgan O’zbekistonning mustaqillikka erishishi va istiqlol yilidagi taraqqiyotlari va hozirgi vaqtda oʻzbek xalqining oʻz–oʻzini anglash tuygʻusi avj olganligi, milliy va madaniy qadriyatlar tiklanganligi, aholining koʻp tabaqasi tomonidan urf–odatlar va marosimlarning amalga oshirilishi munosabati bilan jismoniy tarbiyaga, xususan, yengil atletikaga zamon talabi hamda milliy anʼanalar ruhida bilim berish va tarbiyalashga asoslanib yondoshish zarur. Chunki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 31 oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish bo’yicha yig’ilish o’tkazib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o'rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.

Shuningdek, Istedodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo'yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumtalim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg'ulotlarda qobiliyati ko'zga tashlangan o'g'il-qizlar bolalar va o'smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda.


Prezidentimizning 2018 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo’ldi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturda 2017-2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish uchun 995,2 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflanishi, sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash va qayta jihozlash nazarda tutilgan. Shuningdek ushbu qaror va farmonlar jismoniy va maʼnaviy sogʻlom yosh avlodni voyaga yetkazish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sportga intilishni kuchaytirish, bu ishlarning gʻoyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni koʻzda tutadi.
Aholining salomatligini yaxshilash, mehnatkashlarning ish qobiliyati va mehnat samaradorligini oshirish, o’quvchi yoshlarning ma’naviy - jismoniy kamolotini tarbiyalash yo’li bilan ularni kasb - xunar egallashlariga yo’naltirish masalalari Respublika xukumatining diqqat e’tiborida turibdi. Shu sababdan ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda "O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmonni imzoladi. Ularning mazmunida uzluksiz ta’lim jarayoni va sportni turlarini amalga oshirish, hamda o’quvchi yoshlarning jismoniy barkamolligini tarbiyalashda ularni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari hamda ommaviy sport musobaqalariga to’la jalb etish va shart-sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan.
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitasiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog’lig’ini mustahkamlashga ko’maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo’yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va murabbiylar uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovasion shakllar va usullarni joriy etish maqsad va vazifalari qo’yilgan;
  • jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug’ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;


  • davlat sport ta’limi muassasalarida murabbiy va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish;


  • joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to’rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish va boshqa maqsad va vazifalar belgilangan;


Ushbu farmonda Prezidentimiz jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini to’g’ri takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli yosh sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport musobaqalarida munosib ishtirok etish uchun bugun yoshlarga munosib e’tibor qaratmoq lozim.


Bu vazifalar haqida mutafakkirlarimizdan biri «Biz odamni har tamonlama kamol toptirish uchun uning yaxshi yugura olishi, tez va chiroyli yura olishi, uning barcha a’zolari sog’lom bo’lishi, mehnatga va mudofaaga tayyor turishi bilan birga aqliy sifatlari ham o’sib borishini tarbiyalashimiz lozim» degan. Shu nuqtai nazardan qaraganimizda jismoniy tarbiyani insonning bolaligidan boshlash zarur.
Buning uchun avalo, bolalarning o’zini sportga qiziqtirish, ular o’rtasida turli xil o’yinlarni musobaqa tarzida tashkil qilish lozimdir, chunki o’yinlarda harakatning xilma – xil qirralari ochiladi. Shu sababli jismoniy tarbiya darslarida o’yinlar qo’llash ijobiy xodisadir. O’yin usulida o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning afzalligini barchamiz yaxshi bilamiz. O’yinlarning o’ziga xos turi va uslubini o’qituvchi tanlaydi. Mashg’ulot davomida bolalarning epchilligi, chaqqonligi, tezkorligi, kuchliligi va quvvati aniqlanadi. O’yinlar bolalardagi ana shu sifatlarni rivojlantiradi va ularni darsga jalb qiladi, o’z navbatida bolalarni o’qituvchi bilan yaqinlashtiradi ham. Natijada jismoniy tarbiya fanidan qo’yilgan davlat ta’lim standartlari talablari bajariladi, o’yinlarni yaxshi pedagogik darajada tashkil etish uchun bolalarni yoshi, jinsi va qiziqishlariga mos tarzda ularning jismoniy imkoniyatlarini, psixologik xususiyatlarini xisobga olish muhimdir.

Yüklə 66,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin