3-Mavzu yuzasidan test savollari.
Tarbiyachi kasbini tanlagan kishi qanday fazilatlarga ega bo’lishi kerak?
Sog’lom bo’lishi, barcha qobiliyatlarga ega bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi
Iymon e’tiqodli, dunyoqarashining kengligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his etishi, madaniyatli, dilkash bo’lishi
Hamma javoblar to’g’ri
2.Pedagogik maxorat fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
a)Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni insonparvarlik hamda demokratik tamoyillarga asoslanib olib borish
b)Ta’lim mazmunini fan, madaniyat, texnika va texnoligiyaning zamonaviy yutuqlari bilan boyitib borish, bo’lajak pedagoglarning ma’naviy axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirish
c) Hamma javoblar to’g’ri
3. Pedagogik maxorat – bu:
a) Muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalarini kafolotlovchi pedagogic faoliyat jarayonining mazmunidir.
b) O’qituvchi tomonidan pedagogik jarayonni takomillashtirish, optimalllashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojini qondirish omilidir.
c)Ta’lim va tarbiyaviy faoliyatda yuqori darajaga erishishni va uni doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyat bo’lib, har bir o’qituvchi fazilalatida namoyon bo’ladi.
4. Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishdagi padagogning birinchi vazifasi –bu:
a) Maqsadni belgilaganlik
b) Mavzuni belgilaganlik
c) Hamma javob to’g’ri
5. “ Pedagogik layoqat, kasbiy bilim, pedagogic faoliyat, tegishli faoliyatlar, pedagogic texnikani egallaganlik “ bular…
a) Pedagogik qobiliyat tarkibiga kiradi
b) Pedagogik maxotar tarkibiga kiradi
c) Pedagogik takt tarkibiga kiradi
6. MTTda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi shaxs bu…
a) Tarbiyachi
b) Mudira
c) Logoped
7. Pedagogik faoliyatning obekti bu…
a) Bola
b) O’quvchi va inson
c) Barcha javoblar to’g’ri
8. Pedagogik maxoratga to’g’ri tavsif berilgan javobni toping.
a) Pedagogik-psixologikbilimlarni mukammal egallash
b) Pedagogik kasbiy bilimlarni, ko’nikma va malakalarni doim o’zlashtirib borish
c) O’z-o’zini nazorat qila bilish
9. SHarq mutaffakirlaridan muomala madaniyati, muloqotga kirishish mahorati, mudarrislarni tanlash haqida o’z asarlarida noyob fikrlarni bayon etgan donishmandlarni ko’rsating.
a)Kaykovus, Navoiy, Koshifiy, Muhammad Rafiq Voiz
b) Kaykovus, Hondamir, Navoiy, Arastu
c) Kaykovus, Navoiy, Ushinskiy, Ogahiy
10.”Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” ushbu fikr muallifi kim?
a) A.Avloniy
b) A.Navoiy
c) A.Temur
11. Pedagogik faoliyat tarkibiy qismlari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
a) Pedagogik faoliyatning maqsadi
b)Pedagogik faoliyatning obekti va subekti
c) Hamma javoblar to’g’ri
12. Pedagogik mahoratni tashkil etuvchi komponentlar nechta?
a) 3ta
b)4ta
c)5ta
13. “Barcha illatlarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir” ushbu fikr muallifi kim?
a) Arastu
b) Suqrot
c) Ptolomey
14.”Har bir bola o’zicha narsa va hodisalarni bila olmaydi hamda baxtga erisholmaydi” ushbu fikr muallifi kim?
a) Farobiy
b) Navoiy
c) Nizomiy
15. “Murabbiy o’qib tursagina murabbiy bo’la oladi, agar o’qishni to’xtatib qo’ysa, unda murabbiylik o’ladi” fikrining muallifi kim?
a) Farobiy
b) Zamaxshariy
c) Navoiy
16. “Ustod muallim bo’lsa beozor,
Go’dak eli bozorda harsang o’ynar .” misralarining muallifi kim?
Zamaxshariy
A.Navoiy
Sa’diy SHeroziy
17. “Ustod, muallimsizqolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo’lardi jahon.”
Ushbu misralar muallifi kim?
A.Navoiy
Abdurahmon Jomiy
Sheroziy
18. Haq yo’linda kim senga, bir harf o’qitmish ranch ila,
Aylamak bo’lmas ado, oning haqqin yuz ganch ila.” Satrlarining muallifi….
A.Navoiy
Nizomiy
Hayyom
19. “Murabbiy (bolaga) nasihat va ta’lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilish datkor” ushbu misralarni Koshifiy qaysi asarida yozgan?
a) “Axloqi Muxsiniy”
b) “Mahbub-ul-qulub”
c) “Tib qonunlari”
20. “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq va jaxldor bo’lishni bilishi lozim” ushbu fikr muallifini toping.
a) Makarenka
b) Ushinskiy
c) Vigotskiy
21.Pedagogik qobiliyat sifatlari nechta?
a) 6ta
b) 7ta
c) 8ta
22. Pedagogik qobiliyatning yetakchi xususiyati –bu…
a) Ijodiy tasavvur qilish
b) Bilim olish
c) Ilmiy izlanish
23. “Tarbiyachi bolalarga e’tiborli bo’lishi, ularga xayrihox va muloyim muomalada bo’lishi zarur” muallifni toping.
a) Komenskiy
b) Ushinskiy
c) Vigotskiy
24. Tarbiyachini “ Yosh qalb uchun quyosh nuri” kabidir deya qiyoslagan olimni toping.
a) Komenskiy
b) Ushinskiy
c) Vigotskiy
25. Aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon…
a) Ta’lim
b) Tarbiya
c) Ma’lumot
26. Kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti bu….
a) Tarbiyachi
b) SHaxs
c) Yosh kadr
27. Shaxsni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ta’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
a) Irsiyat, tarbiya va atrof muhit
b) Irsiyat, ta’lim va tashqi muhit
c) To’g’ri javob berilmagan
28. Ongli hatti harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi….
a) Ko’nikma
b) Malaka
c) Bilim
29. “Ilk qadam” dasturi nechta soha bo’yicha bolalarga bilim beradi?
a) 4ta
b) 5ta
c)6ta
30. “Ilk qadam’’ davlat dasturi qachon tasdiqlangan
a. 2019 yilda
b. 2018 yilda
c. 2017yilda
TEST JAVOBLARI
1-A 11-C 21-B
2-C 12-B 22-A
3-C 13-B 23-A
4-A 14-A 24-B
5-A 15-B 25-B
6-A 16-C 26-B
7-C 17-B 27-A
8-B 18-A 28-B
9-A 19-A 29-B
10-A 20-A 30-B