Tasdiqlayman 19-maktab direktori: -------------Djurayeva X. E
Toshkent viloyati Angren shahar 19-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilrabo Berkinovaning Alifbe fanidan bir soatlik DARS ISHLANMASI
Mavzu: P harfi va p tovushi bilan tanishtirish Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: Harfni to’g’ri talaffuz qila olish, bo’ginlar hosil qilish va bo’ginlarga ajratish malakasini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda tabiatga mehr-muhabbatli bo’lish va insoniylik tarbiyalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Unli va undosh harflarni ajrata olish, harflar orqali bo'g'in hosil qilish malakasini rivojlantirish.
Fanga oid kampetensiya: Pp harfi hamda tovushining aytilishi, so‘zlardagi o‘rni bilan tanishtirish. Pp harfi va tovushlari qatnashgan so‘z va matnlarni ravon o‘qishga o‘rgatish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:o‘quv fanlarini o‘rganish; kun tartibiga rioya qilish; kattalarni hurmat qilish; jamoat joylariga tozalikka rioya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; o‘zining o‘quvchilik burchi va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.