5-MAVZU: PEDAGOGIK QOBILIYAT, QOBILIYATNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TASNIFI. MASHG`ULOT REJASI: 5.1.Qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi. 5.2.Pedagogik qobiliyat va uning tuzilishi. 5.3.O’qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari tizimi. 5.4.O’qituvchining kasbiy bilimlari darajasi. Tayanch tushunchalar:qobiliyat, iqtidor, iste’dod, pedagogik qobiliyat, umumiy qobiliyat, maxsus qobiliyat, shaxsiy sifatlar, kasbiy sifatlar. 5.1.Qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi. Qobiliyat – odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo’lib, bu xususiyatlarni xaddan tashqari keng to’ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko’ra bir-biri bilan chambarchas bog’liq faoliyatning muvafaqqiyatli bajarish imkoni aslo yo’q emas.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakalardir.
Ko’nikmalar – o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar – o’qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig’indisi.
Qobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi. Faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to’g’risida mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsniig faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofik; a) shaxsning muayyan sifatlari yig’indisi belgilangan vaqt oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa-unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa-psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin xususiyatli shaxs ko’nikma va malakalarni egallay olmaydi, degan ma’no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho’zilib ketadi, xolos.
Shunday qilib, qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xusu-iyatlariga, aqliy sifatlarga, xotira xislatlarga xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan qatorga qo’yish, ularni ayniylashtirnsh ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularning ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug’iladi.Biz qobiliyatni shaxsni tabiiy imkoniyatlari deb tushunishimiz mumkin emas, chunki, qobiliyatni biz “har bir insonning o’ziga xos psixologik hususiyatlari” deb aniqlashtirdik, shuning uchun bu har qanday shaxsda mavjud bo’lgan tabiiy xususiyat deb xulosa chiqarish aslo mumkin emas. Tabiiy bo’lib faqat anatomo-fiziologik hususiyatlar, ya’ni qobiliyatning rivoji asosida yotgan iste’dod bo’lishi mumkin, qobiliyatning o’zi ham doimiy rivojlanish natijasida paydo bo’ladi.
Ta’kidlash lozimki, qobiliyat o’zining mavjudligi bilan dinamik tushunchadir. Qobiliyat faqat harakatda, faqat rivojlanishda paydo bo’ladi. Psixologik jihatdan qobiliyat haqida, o’zining rivojlanishdan oldin mavjud bo’lganligidek hamda qobiliyat o’zining to’la rivojiga etib, o’zining rivojlanishi to’xtashi haqida so’zlash aslo mumkin emas. Chunki qobiliyat doimiy rivojlanishda bo’lishi kerak.
Qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud deb, biz bu rivojlanishni u yoki boshqa amaliy yoki nazariy faoliyat jarayonida amalga oshishini nazardan chetda qoldirishimiz mumkin emas, albatta. Bundan xulosa qilinadiki, qobiliyat aniq faoliyatdan tashqarida paydo bo’lmaydi. Faqat uni psixologik tahlil yo’li bilan biz ularni bir-biridan ajrata olamiz. Qobiliyatni aniq faoliyat boshlanishidan oldin mavjud va faqat uning yakunida qo’llaniladi, degan xulosaga kelish aslo mumkin emas. Go’dakda absolyut eshitish qobiliyati, tovush balandligini bilish dunyoga kelishidan oldin mavjud bo’lmaydi. Ungacha faqatgina anatomo-fiziologik haqiqatdek iste’dod nishonasi mavjud bo’lgan. Gap qobiliyat faoliyatda namoyon bo’lishida emas, balki ularning shu faoliyatda yaratilishidadir.
Qobiliyatning rivojlanishi, umuman har qanday rivojlanish ham bir tekisda kechmaydi: uning harakat kuchi ziddiyatlikning kurashidir, shuning uchun rivojlanishning turli bosqichida qobiliyat va qiziqishlar o’rtasida ziddiyatlar bo’lishi mumkin. Lekin bo’lishi mumkin bo’lgan bunday ziddiyatlarni tan olish, qiziqishlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi qobiliyatdan mustaqil yoki aksincha, qobiliyat – qiziqishlardan paydo bo’lib qolmaydi.Qobiliyatlar sifatida ro’yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan bel- gilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o’ziga hos tarzda qo’yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o’tamiz:
1) matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish -amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o’rtasida aloqa o’rnatish, to’g’ri va teskari fikr yuritishdan o’tishlik, masala echishda fikr yuritishning epchilligi kabilar;
2) adabiy qobiliyat; nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zehni», behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o’zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko’rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko’rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o’zaro bir-biriga o’xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o’xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Rus olimi I.P.Pavlov o’z ta’limotida “badiiy”, “fikrlovchi”, “o’rta” tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal sistemasidan iboratligi to’g’risidagi ta’limotiga asoslanadi. Birinchi signallar sistemasi obrazlar emotsiyalardan va ikkinchi sigiallar sistemasi esa obrazlar haqida so’zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar sistemasi I. P. Pavlov tomonidan “signallarning signali” deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sistemasining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson “badiiy” tipga taal-luqlidir;
2) mabodo “signallarning signali” nisbatan ustuvor bo’lsa-bu shaxs “fikrlovchi tipga” munosibdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) - bu inson “o’rta tipga” mansub odamdir.
4) Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi:
1. “Badiiy tip” uchun bevosita u taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg’ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinliga xosdir.
2. “Fikrlovchi tip” uchun mavhumlarning, mantiqiy tizilma-larning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning us-tunligi muvofiqdir.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to’plami deb atadi va uning ettita jihatini ajratib ko’rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini o’qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveeva ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va o’qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko’rsatib o’tadi: