Kirish 3 I bob. Yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni


Tadqiqotda qo’llanilgan tadqiqot usullari



Yüklə 66,53 Kb.
səhifə4/30
tarix28.09.2023
ölçüsü66,53 Kb.
#150093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.

Tadqiqotda qo’llanilgan tadqiqot usullari - bu o’ziga xos jarayon, umuman tadqiqot rejasi, o’rganilayotgan muammoning u yoki bu mavzusini har tomonlama oldindan ishlab chiqish natijasidir.
13-14 yoshli gandbolchilarning mashg’ulot jarayonida sakrovchanlik jismoniy qobiliyatlarini oshirishda harakatli o’yinlardan foydalanish usullarini o’rganish uchun quyidagi tadqiqot uslublarini samaraliroq deb hisoblash mumkin:
Adabiyot manbalarini tahlil qilish, pedagogik tajriba (tabiiy, modelli, laboratoriya), anketa savol-javoblari, matematik statistika uslubi. va boshqalar.
Tadqiqot uslublarini tanlash birinchi navbatda ishning muayyan vazifasi hamda mavzuni butunligicha hal etishning maqsadga muvofiqligi bilan aniqlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi hajmi. Magistrlik desertasiyasi kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Desertasiya ishining kirish qismida ishning dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, predmeti, ishning ob’yekti, ishning yangiligi va uning nazariy hamda amaliy mohiyatlari, tadqiqot o’tkazish bosqichlari va ishning himoyaga chiqariladigan asosiy holatlari kiritilgan.
I bobda esa y yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni bo’yicha ma’lumotlar 4 bo’limga bo’lib o’rganilgan.
II bobda sakrovchanlikning namoyon bo’lishida kuch va tezlik-kuch qobiliyatlarining o’rni 4 bo’limga bo’lib o’rganildi.
III bob yosh gandbolchilarda sakrovchanlik qobiliyatini harakatli o’yinlar vositasida rivojlantirish uslubiyati 4 bo’limdan iborat.

I BOB. YOsh GANDbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni.



1.1. Yosh sportchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning ahamiyati.

Har qanday harakatni jismoniy sifatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Sport faoliyatida ijro etiladigan jamiyki harakat malakalari kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Texnik va taktik malakalarning qisqa yoki uzoq vaqt davomida vaziyat talablariga mos ravishda samarali ijro etilishi aynan shu sifatlarning shakllanganligiga bog’liqdir. Jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni tarbiyalash vositalari va uslublari yirik ilmiy asarlarda o’z ifodasini topgan (V.M. Zasiorskiy, 1970; L.P. Matveyev, V.N. Platonov, 1986; Yu.V. Verxoshanskiy, 1988 va boshqalar).




Yüklə 66,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin