Kirish 3 I bob. Yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni



Yüklə 66,53 Kb.
səhifə3/30
tarix28.09.2023
ölçüsü66,53 Kb.
#150093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.

Dissertatsiya ishning yangiligi: O’zbekistonda sog’lom avlod tarbiyasida Olimpiya sport turlarining muhim bo’lagi sifatida gandbol o’yinini bolalarga o’rgatishda, ularning sakrovchanlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanishning ilmiy-uslubiy jihatlari ishlab chiqildi va me`yorida tahlil qilindi.
Shuningdek gandbol elementlari bilan boyitilgan harakatli o’yinlar gandbol mashg’ulotlarida, gandbol darslarida sinab ko’rildi, hamda ular vositasida sakrovchanlikni takomillashtirish yo’llari tajribalarda ko’rib chiqildi.
Dissertatsiya ishning amaliy ahamiyati: Ishining natijalari quyidagilarda qo’llanilishi mumkin:
  • Maktabda jismoniy tarbiya darslari jarayonida;


  • Sinfdan tashqari gandbol mashg’ulotlarini o’tkazishda;


  • BO’SM larda gandbol mutaxassisligining bolalar va o’smirlarida sakrovchanlikni rivojlantirishda foydalanish mumkin.




Dissertatsiya ishi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Ushbu tanlangan muammo bo’yicha, harakat malakalariga o’rgatish, ularni shakllantirish va mahorat darajasiga olib chiqish jismoniy sifatlarning qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.
So’nggi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning o’rni, jumladan jismoniy sifatlarni bir-biriga uzviy bog’liqligi xamda ularni ish qobiliyatiga bo’lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib kelmoqda (V.M. Dyachkov, 1976; V.M. Zasiorskiy, 1970; Yu.V. Verxoshanskiy, 1988; V.N. Platoyenov, 1986; V.P. Filin, 1987; Yu.M. Portnov, 1997; F.A. Kerimov, 2001 va b.). Avvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchining ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
J.M. Nurshin, R.S. Salomov, F.A. Kerimov (1993) va boshqalar umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bulib xizmat qilishini ko’rsatib o’tganlar.
V.S. Daxnovskiy va boshqalar (1991) tezkor-kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati xamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar.

Yüklə 66,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin