Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.
1.2. Jismoniy sifatlar va ularni o’rgatish jarayonidagi o’rni.
Harakat malakalariga o’rgatish, ularni shakllantirish va mahorat darajasiga olib chiqish jismoniy sifatlarning qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.
So’nggi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning o’rni, jumladan jismoniy sifatlarni bir-biriga uzviy bog’liqligi xamda ularni ish qobiliyatiga bo’lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib kelmoqda (V.M. Dyachkov, 1976; V.M. Zasiorskiy, 1970; Yu.V. Verxoshanskiy, 1988; V.N. Platoyenov, 1986; V.P. Filin, 1987; Yu.M. Portnov, 1997; F.A. Kerimov, 2001 va b.). Avvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchining ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
J.M. Nurshin, R.S. Salomov, F.A. Kerimov (1993) va boshqalar umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bulib xizmat qilishini ko’rsatib o’tganlar.
V.S. Daxnovskiy va boshqalar (1991) tezkor-kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati xamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar (1-jadval).
Tezkor-kuchni rivojlantirishga oid mashqlar bilan shug’ullanish natijasida jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik ko’rsatkichlarining bir-biriga bog’liqligi