Telekommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/16
tarix01.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#50885
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
5-mustaqil ishi Oromov Siroj











O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI

QARSHI FILIALI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ” FAKULTЕTI



4 - BOSQICH TT-11-18 GURUH TALABASI

Oromov Sirojiddinning

Optik aloqa tizimlari“ fanidan



5-Mustaqil ishi

Bajardi : Oromov . S

Qabul qildi: Rustamova M

Qarshi-2021




Mavzu:Optik aloqa tarmoqlari. To’liq optik aloqa tarmoqlarni qurilish xuxusiyatlari




Reja:

1.Optik aloqa tarmoqlari

2.Optik aloqa tarmoqlarining turlari

4.To’liq optik aloqa tarmoqlarni qurilish xususiyatlari

Optik aloqa tarmog‘i bu tugunlar orasi optik uzatish muhiti orqali bogiangan aloqa tarm ogidir. Tugunlar orasi tolali optik uzatish muhiti orqali bogiansa, tolali optik aloqa tarm ogi, ochiq optik uzatish muhiti orqali bogiansa, ochiq optik aloqa tarm ogi deb ataladi. Qoilaniladigan modulyatsiya turiga ko‘ra analog va raqamli OAT ga bo‘linadi. Analog OAT da modulyatsiyaning analog usullari: amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari qoilaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta'minlash texnik murakkabligi sababli analog OAT dan foydalanish chegaralangan. Shunga qaramay bir qator sohalar (optik kabelli televideniye, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlari)da qo‘llaniladi.

To‘liq optik tarmoqlar (bundan keyin inglizcha qisqartma AON / All Optical Networks dan foydalaniladi), ularning faoliyat yuritishida kommutatsiyada, multipleksorlashda retranslyatsiyada bosh rolni elektron (optoelektron) texnologiyalar emas, balki sof optik texnologiyalar o‘ynaydi . To‘liq optik tarmoqlar ham bugungi kundagi, ham ertangi tarmoq axborot ilovalari uchun ham ulkan o‘tkazish polosasini ta’minlashga qodir. To‘liq optik tarmoqlar (AON) uch asosiy toifaga bo‘linadi ko‘p to‘lqinli aloqa liniyalaridan foydalanuvchi tarmoqlar, kanallari kommutatsiyalanuvchi kanallar va paketlari kommutatsiyalanadigan tarmoqlar (1-jadval). AON ning birinchi ikki toifasi bir muhim tavsifga ega — tarmoqning foydalanilayotgan ilovaga nisbatan shaffofligiga. Optik shaffoflikka WDM optik kanallarining istalgani bo‘yicha manba — bo‘g‘indan belgilangan joydagi bo‘g‘ingacha signalni o‘zgartimvchi optoelektron qurilmalardan foydalanilmasdan erishiladi. Har bir WDM kanali- chegarasida signal formati tejamkorlikni va ulkan imkoniyatlarni to'plagan holda virtual jihatdan ixtiyoriy bo'lishi mumkin.

Shaffof AON da optik terminal qurilmani eng umumiy holda qayta quriluvchi lazer uzatkichlar va/yoki qayta quriluvchi burish filtrlar ifodalaydi. Tarmoqning ikki chetki bo‘g‘ini bunday tarmoq orqali ma’lum ikki to'lqinga (qabul qilish va uzatish uchun) sozlash yo‘li bilan aloqa kanalini o'rnatishlari mumkin bo‘lib, bu to‘lqinlami ularga optik terminalning tarmoq kontrolleri tegishli dastlabki so‘rovga ishlov berib, taqdim etadi. Ulanish o‘rnatilgandan so‘ng magistral kanal foydalanilayotgan ilovaga nisbatan shaffof bo'lib qoladi.

1-Jadval To‘liq optik tarmoqlar tasnifi (AON)

Istagan foydalanuvchilar guruhi shaffof AON dan tegishli to‘lqin uzunliklar to‘plamini olishi va o'zining xususiy virtual tarmog‘ini tashkil etishi mumkin bo‘lganda ancha qiziqarli imkoniyat vujudga kelishi mumkin. Bu tarmoqda har bir foydalanuvchi bir vaqtda bir nechta to'lqin uzunligi — optik kanallarni ochishga qodir. Shunday qilib, shaffof AON mahalliy va ulkan masofalar miqyosida foydalanuvchilarni birlashtirishning juda boy imkoniyatlariga ega.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin