Optik sirkulatorning ish prinsipi optik izolatorning ish prinsipiga o‘xshaydi. Faqat uning tarkibiga izolatordagi elementlardan tashqari uch qirrali prizma kiritiladi.
Optik ulagich optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini ulash uchun mo'ljallangan qurilma bo‘lib, undan uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarni optik kabel tolalari bilan, shuningdek, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri ulash uchun foydalaniladi. Optik ulagichlarning ikki — ajralmaydigan va ajraladigan turlari mavjud.