Telekommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə12/16
tarix01.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#50885
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-mustaqil ishi Oromov Siroj

Optik izolatorlar Optik signal tola bo‘ylab tarqalish chog‘ida uning nobirjinsliklaridan, ayniqsa, tolaning ulangan joylaridan aks etishi mumkin. Bunday aks etishlar natijasida nurlanish quwatining muayyan qismi teskari yo‘nalishda qaytadi. Yorug‘lik manbayi sifatida lazer diodidan foydalanilgan holda aks etgan nurlanish uning rezonatoriga tushib, majburiy nurlanishlar — foydali signalga qo‘shimcha tarzda zararli signallar, ya'ni shovqin ham hosil qiladi. Ko‘p sonli ajraluvchi va ajralmas ulagichlar va boshqa xil optik qurilmalar — tarmoqlagich, spektr bo'yicha zichlashtirish qurilmalari, optik kuchaytirgichlardan tarkib topgan keng polosali tarmoqlarda bunday teskari aloqaxatarli tus olib, nurlanish manbayi shovqin sathining ortishiga olib keladi.

Optik izolator optik signalning mujassamlashtirgan nurlanish oqimini bir yo‘nalishda deyarli yo‘qotishlarsiz, boshqa (teskari) yo‘nalishda esa katta so‘nish bilan uzatishga mo‘ljallangan optik qurilma bo‘lib, u hozirgi kunda ko‘pgina lazerli tizimlar va tolali optik kuchaytirgichlarning asosiy tarkibiy qurilmalaridan biri sifatida ishlatiladi. Optik izolatorlardan, shuningdek, optik aloqa liniyasining alohida qurilmasi sifatida ham foydalaniladi. Optik izolatorning ish prinsipi ayrim shaffof modalarda magnit maydoni ta’sirida sindirish ko‘rsatkichining o‘zgarishi natijasida yorug‘lik to ‘lqini qutblanish tekisligining burilishi hodisasidan — Faradey effektidan foydalanishga asoslangan. Bunda qutblanish tekisligining burilishi magnitooptik modalar deb nomlanadigan modalarda magnit maydoni ta'sirida sindirish ko‘rsatkichining vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda turlicha bo‘lib qolishi, natijada yorug’lik elektromagnit to‘lqini elektr va magnit tashkil etuvchilari tezliklarining o‘zaro farqlanishi tufayli yuzaga keladi.



4-rasm. Optik izolatoming tuzilish sxemasi va ish prinsipi: a — to‘g ‘ri yo'nalishdagi foydali optik signal undan to‘siqlarsiz o'tadi; b — teskari yo ‘nalishdagi zararli signal qutblagich orqali o ‘tmaydi.




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin