Telekommunikatsiya texnologiyalari


Optik aloqa tarmoqlarining turlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/16
tarix01.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#50885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
5-mustaqil ishi Oromov Siroj

Optik aloqa tarmoqlarining turlari To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish bilan (WDM) texnologiyasining paydo bo‘lishi keng polosali tolali -optik uzatish tizimlarining vujudga kelishi va tezkor rivojlanishini nishonladi, u esa bitta tola bo‘yicha 10 G bit/s tartibdagi kattalikkacha uzatish uchun tashkil etilgan aloqa kanali sig‘imini keskin oshirishga imkon berdi.To‘lqinli multipleksorlash uslubining mohiyati bir qancha optik eltuvchilar 𝜆1 (uzatuvchi tomonda) ni birlashtirishdan va olingan ∑𝜆1 signalni bitta optik kanal bo’yicha uzatib, keyin ayrim eltuvchilarni, keyinchalik ajratish (dem ultipleksorlash) bilan, masalan, ularni qabul qiluvchi tom onidan filtrlash yo ‘li bilan ajratishdan iborat. Tolali-optik aloqaning bundan keyingi rivojlanishi to’la optik fotonli telekommunikatsiya tarmoqlarini yaratishga yo‘naltirilgan. Mazkur tizimlarda signallami uzatish, qabul qilish, ishlov berish va kommutatsiyalash sof foton darajasida, elektron jarayonlar va elektr qurilmalarning ishtirokisiz yuz beradi.

Yangi tarmoq asoslari shunday bo’lishi kerakki, bunda xizmatlarni yetkazib berish bo'yicha mijozlar talablarining tez o’zgarishi va o’sishiga oson moslanadigan bo’lishi kerak. Talab qilinadigan narsalarning hammasi bu servis darajasini qo’llabqvvatlash uchun yoyilgan intellektual dinamik fotonli transport darajasidir.Foton tarmogi modeli ikki darajadan iborat: servis darajasi va fotonli transport darajasi. Yangi arxitektura fotonli kommutatsiya va DWDM texnologiyalari yangiliklarining afzalliklari kom binatsiyasi sifatida qarab chiqiladi.



Bugungi kunda tarmoqlarning to'rtta turi mavjud bo‘lib, ular bir xil optik tarmoqlar deb ataladi. Quyida tarmoqlarning shu turlari sanab o'tilgan va ularning qisqa tavsifi berilgan

  1. SDH/SONET negizidagi tarmoqlar, ularda faqat «nuqta-nuqta» bir to‘lqinli uzatish optik uzatish hisoblanadi. Asli bu optoelektron tarmoqlardir;

  2. to‘lqin uzunligi bo'yicha ajratilgan multipleksorlash texnologiyasi foydalaniladigan tarmoqlar, ko‘p to'lqinli optik uzatishni ta'minlab, bu vaqtda kommutatsiya va boshqarish to‘liq ravishda elektr sohasida amalga oshiriladi. Bular hali ham optoelektron tarmoqlardir, biroq ular optik uzatishning ancha ilgari surilgan (ilg‘or) texnologiyasidan foydalanadi va ularda optik operatsiyalar birinchi turdagi tarmoqlarga qaraganda ancha ko'pdir;

  3. to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasi foydalaniladigan tarmoqlar va optik kommutasiya, kommutatsiyani va tarmoqni boshqarish elektrik tarzda amalga oshirilmoqda. Bu ittifoqlik darajasi turlicha bo‘lgan optik tarmoqlardir., (Tarmoqning ittifoqligi deganda tarmoqning istalgan turdagi axborotni protokol va kodlash turiga, uzatish tezligiga, shuningdek, modulyatsiya texnikasiga bog'liq bo‘lmagan holda uzatish imkoniyati tushuniladi.). Agar barcha bo‘g‘inlar optoelektron o‘zgarishlar va signallarni regeneratsiyalash uchun foydalansa va/yoki uni kommutatsiyalash va uzatish uchun qo‘llansa, u holda tarmoq noshaffof bo‘lib qoladi (OEO). Ikkinchi tomondan, agar optoelektron shakl almashtirish umuman foydalanilmasa, u holda tarmoq to‘la shaffof bo'ladi.

  4. barcha operatsiyalar va funksiyalar, kommutatsiya va tarmoqni boshqarishni ham hisobga olganda optik amalga oshiriladi. Bu to‘liq ravishda optik tarmoqlardir. Yuqorida sanab o'tilganlardan shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, foton oxirgi ikkita tarmoq turlari haqiqatan ham optik kommutatsiya bilan bog‘liqdir. Qisman yoki to ‘liq shaffof tarm oqlar to ‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasini va bir tomondan optik kommutatsiyani, ikkinchi tomondan elektron nazorat bilan qo'shib olib boradilar.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin