1. O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi…


Davlat ramzlari haqida ma'lumot bering? Davlat ramzlarining mohiyati va ahamiyati…



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə8/15
tarix07.01.2024
ölçüsü56,22 Kb.
#205002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
o\'zb javoblari

15.Davlat ramzlari haqida ma'lumot bering? Davlat ramzlarining mohiyati va ahamiyati… Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O'zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O'zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.
16.Taraqqiyotning "O'zbek modeli" va uning 5-tamilini izohlang!... O'zbekistonning uzoq davr sho'rolar mamlakati tarkibida rivojlanishi, kommunistik partiya siyosati tufayli milliy o'zlik, milliy qadriyatlar va madaniyatning inqirozga uchrashi, sobiq totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan rejali iqtisodiyot, mam- lakatning inqirozlar arafasiga kelib qolganligi rivojlanishning faqat va faqat O'zbekistonga xos bo'lgan modelini ishlab chiqish va qo'llash zaruratini keltirib chiqargan edi. O'zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakka hokim mafkura zulmi ostida yashadi. Kommunistik mafkura o'z tabiatiga binoan totalitar ruhdagi mafkura bo'lib, u asosan hayotning barcha jabhalarini egallashga, har bir insonning shaxsiy hayotini ham butunlay nazorat qilishga da'vogar edi. Totalitar mafkura o'z tabiati va xarakteridan kelib chiqib «buyuk kelajak» uchun o'tmishni ham, boshqa har qanday mafkuralarni ham inkor etgan edi. Jamiyatning barcha sohasidagi hokimiyat butunlay partiyaga tegishli bo'lib, kommunistik partiya bilan davlat apparati bir-biri bilan chirmashib va qo'shilib ketgan edi. Shuningdek, jamiyatning davlatlashtirish darajasi ham o'zining eng yuksak cho'qqisiga chiqib, davlatdan mustaqil bo'lgan ijtimoiy hayot va jamiyatning demokratik institutlari butunlay yo'q qilindi: kommunistik partiyadan boshqa barcha partiyalar tor-mor qilindi, barcha jamoat tashkilotlari va nodavlat birliklar hukmron partiyaga bo'ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi o'rni pasayib, kommunistik partiya qonun bilan cheklanmagan va qonunga bo'ysunmagan cheksiz vakolatlarga ega bo'ldi…

Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin