21.Demokratik huquqiy davlatning asoslari nimada?... Har qanday huquqiy demokratik davlatda inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat deb tan olinar ekan, konstitutsiyalarida eng muhim qoidalar sifatida belgilanadi. Bu sohada xalqaro hujjatlarda umume’tirof etilgan tamoyil va standartlar mavjud. Xususan, 1948 yili qabul qilingan Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi, 1966 yili qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi, Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktlarda inson huquqlari va erkinliklari va ularni muayyan holatlarda cheklash bo‘yicha ham qoidalar aks ettirilgan.Ushbu 21qoidalar qonuniylik, maqsadga muvofiqlik va zaruriyat tamoyillaridan kelib chiqib qo‘llanadi. Xususan, qonuniylik tamoyili insonning huquqlari va erkinliklarini faqat qonuniy asosda cheklash mumkinligini bildirsa, maqsadga muvofiqlik tamoyili bo‘yicha cheklashda xalqning roziligini ifodalaydi. Davlatning shaxsning huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga aralashuvi zaruriyat tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bunda shaxsga yetkaziladigan zarar o‘rnini qoplash masalasi diqqat-markazida bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsning huquq va erkinliklari davlat tomonidan kafolatlanishi va himoya qilinishi belgilangan bo‘lsa ham, Asosiy qonunning o‘zi hamda qonunchilik hujjatlarida inson huquq va erkinliklarini cheklashga oid qoidalar mavjud.
22.O'zbekistonda qachon va qanday siyosiy partiyalar tuzilgan, ularning maqsadi nima?... Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida yuzaga kela boshlagan. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani Chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang Jadidchilik). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qilgan. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk siyosiy partiyalar shakllanib ulgurmadi. Oktabr toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang "Milliy ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dekabr), Oʻzbekiston Respublikasining „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonuni [1](1996-yil 26 dekabr), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34-moddasida mustahkamlangan.