Mavzu: Siyosiy partiyalar va partiyaviy tizimlar №7 Seminar Savollar



Yüklə 21,47 Kb.
səhifə1/5
tarix19.10.2022
ölçüsü21,47 Kb.
#65506
  1   2   3   4   5
Mavzu Siyosiy partiyalar va partiyaviy tizimlar №7 Seminar Savo


Mavzu: Siyosiy partiyalar va partiyaviy tizimlar
7 Seminar
Savollar:
1. Ilk siyosiy partiyalarning paydo bo‘lishi
2. Siyosiy partiyalarning funksiyalari
3. Dunyo mamlakatlarining partiyaviy tizimlari
4. O‘zbekiston siyosiy partiyalari va partiyaviy tizimi: yutuq va muammolar

Javoblar:

  1. Siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar XVII-XVII asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Siyosiy partiyalarning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining Siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta. Zamonaviy partiyalar Angliyada XVII asrda vujudga kelgan, ammo 1832-yil saylov islohotidan keyingina hozirgi ko'rinishini olgan. AQSHda partiyalar 1830-yillarda, prezident Jekson davrida, tashkil topa boshlagan. Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida parlament guruhlari va siyosiy klublarning ommaviy tashkilotlarga aylanishi 1848-yil inqilobi bilan bog'liq. G'arb institutlarini birinchilardan bo'lib import qilgan Sharq mamlakatlaridan biri — Yaponiyada partiyalar birinchi jahon urushigacha bo'lmagan. Markaziy Osiyoda Siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX-asrning oxiri — XX-asrning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi. Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk Siyosiy partiyalar sifatida shakllanib ulgurmadi.



2. Siyosiy partiyaning jamiyatdagi funksiyalari hayotdagi masalani o‘rganish uning siyosiy taraqqiyotdagi o‘rni va rolini tushunib etish, maqsadlarini yaxshiroq tasavvur etishga yordam beradi. Jamiyatning siyosiy tizimida siyosiy partiya­lar quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradilar:

Yüklə 21,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin