Mavzu: Siyosiy partiyalar va partiyaviy tizimlar №7 Seminar Savollar



Yüklə 21,47 Kb.
səhifə2/5
tarix19.10.2022
ölçüsü21,47 Kb.
#65506
1   2   3   4   5
Mavzu Siyosiy partiyalar va partiyaviy tizimlar №7 Seminar Savo

Siyosiy maqsadni belgilash: Mafkurani va dasturlarni ishlab chiqarar ekan, partiyalar strategiyani belgilashga, fuqarolarni muqobil va boshqa hatti-harakatlarning ham mumkinligiga ishontirishga intiladilar;
Ijtimoiy manfaatlarni ifoda etish va saralash: Manfaatlarni guruhlar ham ifoda etishlari mumkin, lekin faqat partiyalargina ularni markaziy davlat organlarining qarorlariga ta’sir ko‘rsatadigan shaklda bir butun qilib birlashtira oladilar;
Fuqarolarni safarbar qilish va ijtimoiylashtirish: Partiyalar o‘z faoliyatining uzoq muddatli ijtimoiy va g‘oyaviy-psixologik asosini yaratadilar, ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantiradilar;
Hukmron elitani shakllantirish: hokimiyatning mahalliy organlarini, hukumatning avval yashirin, so‘ngra esa real tarkibini shakllantiradilar; hokimiyatning vakolatli organlari bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlaydilar; boshqa siyosiy institutlar bilan birga davlat boshqaruvi va ijtimoiy boshqaruv mexanizmini shakllantiradilar; hukumat tuzilmalari va mexanizmlarining barqarorligini ta’minlaydilar;

Siyosiy riovjlanish strategiyasini ishlab chiqish: Siyosiy partiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari orasida dasturiy qoidalarni, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy strategiyani ishlab chiqishni alohida ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Hozirgi zamon strategiyasini ishlab chiqishga malakali kadrlar jalb etiladi.

3. Jahondagi ko’plab mamlakatlarning saylov tizimlari va saylovda qatnashish jarayonlari bir-biriga o’xshashib ketadi. Shuning uchun ham, saylov tizim turlari qaysi davlatlarda borligini ko’rib chiqqan ma’qul.
Majoritar saylov tizimida nomzod yoki partiya g‘alaba qozonish uchun saylovchilar ko‘pchiligining ovozini olishi lozim. Kamchilik ovozlarni olsa, nomzod yoki partiya hech qanday mandatga ega bo‘lolmaydi. Majoritar tizim ham o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi: 1) Mutlaq ko‘pchilik tizimi ko‘pincha mamlakat Prezidentini saylash chog‘ida qo‘llaniladi. Unga ko‘ra saylovlarda qatnashganlarning yarmidan ko‘pining kamida yarmini ovozini olgan nomzod g‘alaba qozonadi. 2) Nisbiy ko‘pchilik tizimida esa nomzod g‘olib chiqish uchun boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovozlarni olishi lozim.
Majoritar saylov tizimi AQSH, aksariyat Lotin Amerikasi mamlakatlari, Fransiya, Angliya kabi rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda. Olimlarning fikricha, majoratir saylovlar afzalliklaridan yana biri uning parlament ichida ko‘pchilikni yuzaga chiqarishida va ana shu ko‘pchilik aosida barqaror hukumat tuzilishida namoyon bo‘ladi.
Masalan, Fransiyada saylovlarning majoritar turi qo‘llaniladi. Parlamentda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi partiyalar koalitsiyasi uchun har doim bir xavf mavjud bo‘lib, koalitsiyadagi partiyalar o‘rtasida ichki kelishmovchiliklar yuzaga kelishi oqibatida Parlament tarqatib yuborilishi mumkin. Shuning uchun deputatlar ilgari o‘zlari saylovchilarga taqdim etgan dasturlari doirasida faoliyat olib borishga majburdirlar.

Yüklə 21,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin