11-maruza. Elektron hukumat reja: Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari Elektron hukumatning asosiy tamoyillari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/53
tarix19.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
11-15




11-MARUZA. ELEKTRON HUKUMAT 
REJA:  
1. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari  
2. Elektron hukumatning asosiy tamoyillari  
3. Elektron hukumat joriy etishning jahon tajribasi  
1. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari  
Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy hamda 
yuridik shaxslarga 
axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid faoliyatini, 
shuningdek idoralar o‘rtasida elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga yo‘anltirilgan 
tashkiliyhuquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi.
elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir 
faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan 
tashkiliyhuquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat 
organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga 
yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin;
so‘rov — ariza beruvchining davlat xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida davlat organlariga 
yuboriladigan talabi;
ariza beruvchi — davlat organiga so‘rov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik 
shaxs; idoralararo elektron hamkorlik qilish — davlat organlari o‘rtasida 
axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma’lumotlar almashish; elektron 
hukumatning yagona identifikatorlari — har bir jismoniy va yuridik shaxsga,
kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni 
elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar;

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin