Mavzu: Metallarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Reja



Yüklə 43,24 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü43,24 Kb.
#204118
  1   2
10.Metallarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati




Mavzu: Metallarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.

Reja:
1. Metallurgiyaning dastlabki rivojlanish bosqichlari.
2. Nodir metallar ishlab chiqarishning hozirgi zamon ahvoli.
3. Nodir metallarning xalq xo’jaligidagi o’rni.

Kalit so’zlar: nodir metallar, oltin, kumush, platinaoidlar, oltin tarkibli ruda, oltin zahirasi.
Butun dunyoda rudadan rangli metallarni qazib olish jarayoni qimmatlashib bormoqda asosan buni oltin va kumush misolida ko’rishimiz mumkin. Bunga asosiy sabab qilib quyidagt omillarni keltirishimiz mumkin:
- rangli va nodir metall rudalari zaxiralarining kamayishi va bu metallarni olishga ketadigan xarajatlarning oshishi;
- xom-ashyo mahsulotlari narxining stabillashuviga milliy va xalqaro bozorlarning doimiy aralashuvlarining kengayishi;
- atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha davlat va xalqaro talablarni bajarish, chiqindilarni zararsizlantirish va chiqindi suvlarni neytrallash jarayonlaning qiyinliligi va qimmatliligi;
- xom-ashyo va elektr energiya narxininig tez suratda o’sishi.
Shuni e’tiborga olish lozimki nodir metallarning noyob fizik-kimyoviy xossalari tufayli ularning fan va texnikaning ko’p sohalarida keng qo’llanilishiga olib kelmoqda. Nodir metallarning asosiy vazifasi ulaning yuqori narxi sababli belgilangan bo’lib, bu ularning davlat ichki va tashqi iqtisodiga ta’siri bilan aloqadorligidadir. Nodir metallar metallurgiyasi yo’nalishi juda murakkab soha bo’lib uni egallagan mutaxassisdan nafakat oltin va kumushni birlamchi xom-ashyodan ajratib olishni, balki ikkilamchi xom-ashyodan ajratib olishni, boyitish jarayonlarini, gidrometallurgiya, pirometallurgiya jaryonlanrini chuqur bilishni talab qiladi.
Nodir metallar guruhiga oltin, kumush va platina guruhi metallari ruteniy, palladiy, osmiy, iridiy, platina kiradi.
Oltin, kumush, mis va sof temir bilan birga birinchi metall sifatida qadimdan insoniyatga ma'lum. O‘zining jozibadorligi va jilosi bilan odamlar e'tiborini o‘ziga tortib kelgan bu metall eramizdan avvalgi 8000-12000 yillarda qazib olina boshlagan. O‘sha davrdayoq oltin taqinchoq, zeb-ziynat va boshqa maishiy jihozlar ishlab chiqarishda ishlatilgan.
Qadimgi asrlarda oltin va kumush Yevropa va Yaqin Sharq, Xitoy, Hindiston xalqlari tomonidan ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan va ishlatilgan. Qadimgi grek va rimliklarda oltin qazib olish yuqori darajada bo‘lgan.
Qadimgi zamonda asosiy oltin qazib olish markazlari: Afrika, Kichik va O‘rta Osiyo, Ispaniya, Kavkaz, Vengriya, Chexiya, Armaniston va Ural, Sibirning tog‘li rayonlari hisoblangan.
Qadimgi vaqtda quldorchilik va feodal muhitida oltin qazib olish, qayta ishlash faqatgina qo‘l mehnati yordamida amalga oshirilgan. Ruda bo‘laklarini maydalash ham qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Oltinning yirik bo‘lakchalarini ushlab qolish hayvonlar terisi va tarnovlarda yuvish bilan amalga oshirilgan.
O‘sha davr taraqqiyotidan bizgacha metallarni eritish, oltin va kumush qo‘rg‘oshin qotishmasidan kupellash usuli bilan ajratib olish, hamda kislotalar yordamida oltin va kumushni ajratib olish usullari yetib kelgan. Bundan tashqari, oltinni yog‘li yuzaga ushlab qolish va ajratib olish usuli eramizdan avvalgi 5000-yillarda ma'lum bo‘lgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, bundan 2000 yil oldin oltinni ajratib olish uchun amalgamatsiya usuli ishlatilgan.
Rim imperiyasi qulab, feodal munosabatlar rivojlangan o‘rta asr davrida oltin va kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davrida oltin va kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davriga kelib, ayniqsa Amerika qit'asi ochilgandan so‘ng, oltin qazib olish sezilarli oshdi. O‘sha paytda qazib olish ishlarida bir qancha o‘zgarishlar qilindi, jumladan, sochma konlarni gidravlik usulda yuvish, ruda suv usulida yanchish, so‘ngra tarnovlarda yuvish, amalgamatsiya jarayonlari tatbiq qilina boshlandi. Qadimgi va o‘rta asrda qazib olingan oltin mikdori 127000 tonnani tashkil etdi.
XVII asrda oltin qazib olish asosan Braziliya hisobidan oshdi, chunki o‘sha payt bu mamlakatda ko‘plab oltinning sochma konlari topilgan edi. XIX asr 1-yarmida Rossiya davlati oltin qazib olish bo‘yicha yetakchilikka da'vogarlik qildi, chunki shu davrda Ural va Sibirning oltinga boy sochma konlari ochilib o‘zlashtirishga kirishildi. Savdoning rivojlanishi, texnika va sanoatning taraqqiy etishi oltin va kumushga bo‘lgan talabni oshirdi, bu esa o‘z navbatida Yangi konlar izlab topish va ochish sabab bo‘ldi. Kaliforniya (1848 y) va Avstraliya (1851 y) ning boy sochma konlarining ochilishi va tug‘ma oltin konlarning topilishi oltin olishining sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi.
Biroq bu o‘sishdan so‘ng, ko‘p o‘tmay XIX asr 2-yarmida oltinga boy sochma konlarning o‘zlashtirilib bo‘lishi natijasida bu metall qazib olish miqdori kamaydi. Oltin qazib olish miqdorini ko‘paytirish maqsadida bir qancha texnik qurilmalar zamonaviylashtirildi, jumladan, sochma konlardan qazib olish va yuvish ishlari mexanizatsiyalashtirildi, bu o‘z navbatida avval nosanoat deb hisoblangan kambag‘al sochma oltin konlarini ochilishi va o‘zlashtirilishiga olib keldi. Sulfidli ruda va konsentratlarni qayta ishlash uchun amalgamatsiya fabrikalari qurildi. Sulfidli rudalarni qayta ishlashda shteynga eritib olish va keyinchalik metall olish usullari ishlatila boshlandi.
Oltin ishlab chiqarish sanoatida ayniqsa ahamiyatli va uzoq ko‘tarilish 1890 yildan kuzatila boshlandi. Bu davrda JARning dunyodagi eng yirik va boy oltin konlari ochildi va o‘zlashtirila boshlandi. Bir vaqtning o‘zida Hindiston (1880y) va Alyaska ( 1890 y) da oltin konlari ochildi . 1843 yilda rus olimi Bagration tomonidan kashf etilgan rudalardan oltinni ajratib olish uchun sianlash jarayonini sanoat miqiyosida ko‘llanishi oltin qazib olishda muhim o‘rin tutardi. Bu yuqori samarali usul butun dunyo miqiyosiga yoyildi va hozirda oltin ajratib olishda eng ko‘p ishlatiladigan va asosiy gidrometallurgik jarayon hisoblanadi. Rossiyada siyanlash jarayoni 1897-98 yillarda Berezov va Kochkar korxonalarida birinchi bo‘lib ko‘llanildi.

XX asrda dunyoda oltin qazib olish sanoti bir tekis taraqqiy etmadi. Asrning boshlanishidagi tez sur'atlar bilan o‘sishni 1914-1918 yillardagi 1-jaxon urushi sekinlashtirib qo‘ydi. 1914 yildagi oltin qazib olish sur'atiga faqatgina 1934 yilda erishilib 1940 yilgacha davom etdi. So‘ngra, 2-jaxon urushi boshlanishi munosabati bilan yana oltin qazib olish sur'ati kamaydi, 1970-yilgacha oltin kazib olish miqdori sekinlik bilan o‘sdi. Oxirgi yillarda oltin qazib olish miqdori dunyo bo‘yicha kamaydi, lekin 1982-1999 yillarda biroz kutarilish kuzatiladi.




Yüklə 43,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin