Taqdimoti ilmiy raxbar: F. Egamberdiyeva Pedagogika va psixologiya”yо‘nalishi pp(k)-2-2 guruh talabasi Norboyeva Afro‘za Qaysar qizining



Yüklə 419,94 Kb.
səhifə1/9
tarix08.06.2023
ölçüsü419,94 Kb.
#126627
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2023 Norboyeva Afro\'za Qaysar qizi

TAQDIMOTI


Ilmiy raxbar:F.Egamberdiyeva
Pedagogika va psixologiya”yо‘nalishi
PP(k)-2-2 guruh talabasi
Norboyeva Afro‘za Qaysar
qizining
“Tarbiyasi og'ir o'spirinlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash faoliyati”
Tayyorlagan kurs

Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim tizimi – ijtimoiy-genetik mexanizm bo‘lib, u ijtimoiy tajribani avloddan-avlodga o‘tkazadi va shu orqali shaxsni shakllantirishni ta’minlaydi hamda uning istiqbollarni belgilaydi. Bu tizim odamzod paydo bo‘lgan davrlardan buyon amal qilib kelmoqda. Zero, madaniy-ma’naviy boyliklarsiz, ta’lim tizimisiz jamiyat yashay olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim oliy darajadagi ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy institut bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’limning davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilinish pedagogika fani zimmasiga mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab mamlakatimiz kelajagini tasavvur qilish mumkin. Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning, o‘qituvchi-pedagogning Vatan oldidagi muqaddas burchidir.

Kelajakda buyuk “davlatni sog‘lom mafkurali, ma’naviy barkamol avlod barpo eta olishini nazarda tutib, komil insonni tarbiyalash borasidagi izlanishlarni istiqbolda ham davlat siyosati darajasida uzluksiz kuchaytirib borish va umumxalq harakatiga aylantirish” avj olgan hozirgi tarixiy sharoitda bolalikning ilk pog‘onalaridanoq yoshlarda ijtimoiy qimmatga ega faoliyatni tarbiyalash, bolalarda o‘qish-o‘rganishga nisbatan ehtiyojni kuchaytirish, ularni ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilaridan faol sub’ektlariga aylantirish dozarb muammo bo‘lib qolmoqda.

Boshlang‘ich ta’limga keyingi ta’lim bosqichlari uchun asos-poydevor ekanligi nuqtai nazaridan yondashish, unga alohida e’tiborni qaratish zarurligi respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida ko‘p marotaba ta’kidlangan. “Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o‘ziga singdira oladi, nimani qabul qilmaydi? Kim bu masalani ilmiy jihatdan tadqiq qilgan?” Davlat rahbari tomonidan qo‘yilgan aniq va qat’iy savollar xuddi shunday aniq va qat’iy javobni talab etadi.


Yüklə 419,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin