Albatta, mustaqillik yillarida pedagogika fani sohasida boshlang‘ich ta’lim muammolari bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar, tadqiqotlar amalga oshirildi. Ammo boshlang‘ich ta’lim sohasida hali o‘z echimini kutayotgan muammolar talaygina. Shulardan biri tarbiyasi qiyin va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash muammosidir.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim fanlari orqali o‘quvchilarning umuminsoniy va ahloqiy ko‘nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi. O‘quvchi maktabga kelgan dastlabki kunidan boshlaboq o‘qishga havas qo‘yishi savodli o‘qishi, dastlabki amallarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatishi kerak. Kurs ishining obyekti. Kichik yoshdagi ta’lim oluvchilar hamda ilk o’spirinlik davridagi bolalalar.
Kurs ishining predmeti. Tarbiyalanuvchi bolalarning oluvchilarning psixologik xolati.
Kurs ishining vazifalari:tarbiyasida o‘zgarishi bor bo‘lgan yoshlarga to‘g‘ri tarbiya berish va yetuk shaxs bo‘lib yetishishida yordam berish
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 1bob ,3 fasl, 2 bob 3 fasl, umumiy xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalar.
Tarbiyasi qiyin va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashni tashkil etish va boshqarish qoidalari
Muayyan bir turdagi stimullarni tahlil etish uchun amerikalik professor G.Overstritning “Inson xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish” deb nomlangan kitobida keltirilgan fikrlarga e’tiborni qaratsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. G.Overstritning ta’kidlashicha, xulq-atvorimiz va xatti-harakatlarimiz zamirida biz uchun eng qimmatli bo‘lgan orzularimiz yotadi. Kimnidir u yoki bu ko‘rinishdagi xatti-harakatlarni bajarishga undashni o‘z oldigan vazifa qilib qo‘yganlar uchun eng yaxshi maslahat shunday: avvalo o‘z suhbatdoshingizni nimanidir qattiq istashga majbur qiling. Kimki buni uddalay olsa, butun dunyoni egallaydi, agar uddalay olmasa, yakkalanib qoladi.