Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
152
9
BOB
Ukol Qilishga Oid
Yo`l-Yo`riqlar va
Ehtiyot Choralari
UKOL QILISH KERAKMI YOKI QILISH KERAK
EMASMI ?
Ukollar ko`pincha kerak emas.
Dori ichilganida ham ko`pgina kasalliklarda ukol bilan bir xilda yoki
undan yaxshiroq davo bo`lishi mumkin. Umumiy
qoida sifatida aytadigan
bo`lsak:
Ukol qilish - dori ichishdan xavfliroq.
Ukollar faqat juda zarur bo`lib qolgandagina ishlatilishi mumkin.
Kutilmagan hodisalardan tashqari, ular faqat tibbiyot
xodimlari yoki ushbu
muolajani qilishga o`rgatilgan odamlar tomonidan qilinishi kerak.
Ukol qilinadigan holatlar faqatgina quyidagilar:
1. Agar tavsiya etilgan dorining ichiladigan xili topilmasa.
2. Agar odam tez-tez qayt qilsa, kasalligi tufayli yuta olmasa yoki hushsiz
bo`lsa.
3. Favqulodda voqea sodir bo`lganda yoki maxsus holatlarda (keyingi
betga qarang).
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
153
SHIFOKOR UKOL TAVSIYA QILGANIDA NIMA QILISH KERAK?
Ba`zi shifokor va tibbiyot xodimlari ukol kerak bo`lmagan paytlarda ham
uni tavsiya qiladilar, chunki ko`p odamlar ukolni tabletkalardan foydaliroq
deb o`ylaydilar, shu sababli shifokorlar ham aksari ukol tavsiya qiladilar.
1. Agar tibbiyot xodimi sizga ukol qilmoqchi bo`lsa, dori kasalligin-
gizga to`gri tavsiya qilinganiga va xodimning ushbu amalni kerakli ehtiyot
choralariga rioya qilib bajarayotganiga e`tibor bering.
2. Agar shifokor ukol yozib bermoqchi bo`lsa, undan ichiladigan
dorini yozib berishini iltimos qiling.
3. Agar shifokor qoningizni tekshirib ko`rmay turib vitamin, jigar
ekstrakti, yoki vitamin B
12
ukollarini yozib bermoqchi bo`lsa, boshqa
shifokorga borganingiz ma`qul.
QANDAY HOLATLARDA UKOL QILISH ZARUR
Quyidagi kasalliklarda shifokor yordamini iloji boricha tezroq oling.
Agar yordam olish yoki bemorni kasalxonaga olib borish kechikadigan
bo`lsa, kerakli ukolni iloji boricha tezroq qiling. Miqdorlar bo`yicha ko`proq
ma`lumot olish uchun quyidagi betlarga qarang. Ukol qilishdan avval
undan so`ng kutiladigan salbiy ta`sirlar haqida bilib oling va kerakli ehtiyot
choralarini ko`ring (Yashil Sahifalarga qarang).