o`sha shprits va ignani yana bir marta
tozalab va qaynatib olmay turib bosh-
qa odamga ishlatmang. Ukol qilish
muolajasini ehtiyotkorlik bilan bajarish
qoidalariga rioya qiling (keyingi betlarga
qarang).
Bunga o`xshagan abstsess qaynatil-
magan yoki steril bo`lmagan (qatron
qilinmagan) ignadan kelib chiqadi.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
157
Ukol qilishdan avval qo`lingizni sovun bilan yaxshilab yuving.
2. Dorining qanday ta`sir qilishi mumkinligini bilish va tavsiya etilgan
ehtiyot choralarini ko`rish hamda ularga rioya qilish juda muhim.
Agar dori quyidagi allergik yoki salbiy ta`sirlarga sabab bo`lsa, o`sha
dorini yoki unga o`xshash dorilarni boshqa bermang.
• Toshmalar: teridagi olachipor shishla qichishadigan toshmalar (tarvoq),
eshakem toshish
• biror joyda shishning paydo bo`lishi
• nafas qiyinlashuvi
• shok belgilari (170-bet)
• qisqa muddat bosh aylanib, ko`ngil aynishi (qayt qilmoqchi bo`lmoq)
• ko`rish qobiliyati muammolari
• qattiq bel og`rig`i, siyishga qiynalish
• quloqlar shang`illashi yoki karlik
Tarvoq (eshakem) yoki qichish-
adigan toshmalar toshishi ukol
qilingandan so`ng bir necha
soatdan boshlab bir necha kun
ichida paydo bo`lishi kuzatilishi
mumkin. Agar o`sha dori yana
o`sha odamga takroran ishlatilsa, u
og`ir hollarga va hatto o`limga olib
kelishi mumkin (170-bet).
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
156
5.
Dostları ilə paylaş: |