Taqdimoti ilmiy raxbar: F. Egamberdiyeva Pedagogika va psixologiya”yо‘nalishi pp(k)-2-2 guruh talabasi Norboyeva Afro‘za Qaysar qizining



Yüklə 419,94 Kb.
səhifə7/9
tarix08.06.2023
ölçüsü419,94 Kb.
#126627
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2023 Norboyeva Afro\'za Qaysar qizi

I.P.Podlaso‘y tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning birida stimullashtirishning “Yutuq” deb nomlangan kompyuter dasturidan foydalaniladi. Tanaffuslarda shug‘ullanishni yoqtiradigan bu kompyuter dasturi yordmida o‘quvchilar turli predmetlardan o‘zlarining yaqin kelajakda oladigan baholarini prognoz qilar edilar. Bir kuni uni shunday sozladilarki, dastur oldindan ko‘zlangandek noto‘g‘ri ravishda yuqori ko‘rsatgichlarni ko‘rsatib, juda ishonarli qilib o‘quvchilarning ijobiy yutuqlari dinamikasini bashorat qildi. Keyin nima bo‘ldi deng? Muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonch o‘rta va past o‘zlashtiruvchilarning o‘quv-biluv faoliyatlarida ilgari siljishlariga sabab bo‘ldi.

  • I.P.Podlaso‘y tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning birida stimullashtirishning “Yutuq” deb nomlangan kompyuter dasturidan foydalaniladi. Tanaffuslarda shug‘ullanishni yoqtiradigan bu kompyuter dasturi yordmida o‘quvchilar turli predmetlardan o‘zlarining yaqin kelajakda oladigan baholarini prognoz qilar edilar. Bir kuni uni shunday sozladilarki, dastur oldindan ko‘zlangandek noto‘g‘ri ravishda yuqori ko‘rsatgichlarni ko‘rsatib, juda ishonarli qilib o‘quvchilarning ijobiy yutuqlari dinamikasini bashorat qildi. Keyin nima bo‘ldi deng? Muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonch o‘rta va past o‘zlashtiruvchilarning o‘quv-biluv faoliyatlarida ilgari siljishlariga sabab bo‘ldi.
  • Yuqorida sanab o‘tilgan stimullashtirish imkoniyatlariga rioya qilgan holda o‘quv-biluv faoliyati tashkil etilsa, o‘quv materialining muvaffaqiyatli va to‘liq o‘zlashtirishga erishishni kafolatlash mumkin bo‘ladi. Keltirilgan stimullarning ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib, stimullashtirish modelini

II BOB. TARBIYASI QIYIN VA BO‘SH O‘ZLASHTIRUVCHI O‘QUVCHILAR O‘QUV-BILUV FAOLIYATI DARAJALARINI TASHXISLASH

  • II BOB. TARBIYASI QIYIN VA BO‘SH O‘ZLASHTIRUVCHI O‘QUVCHILAR O‘QUV-BILUV FAOLIYATI DARAJALARINI TASHXISLASH
  • 2.1.Tarbiyasi qiyin va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar
  • Tashxis va tashxislashning o‘zaro farqini ajratmoqchi bo‘lsak, diagnostika bu umumiy yonlashuv bo‘lsa, tashhislash bu pedagogik faoliyatning amaliy jarayoni ekanligini anglashimiz lozim bo‘ladi. Demak, diagnostika – bu didaktik jarayonlar kechishining barcha shart-sharoitlarini oydinlashtirish va uning natijalarini xatosiz aniqlash demakdir. Tashxislovchi tahlillarsiz didaktik jarayonlar kechishining yuqori samaradorligiga erishib bo‘lmaydi.
  • Tashxislash ikki yo‘nalishda olib boriladi: 1) o‘zlashtirganlik, ya’ni oqibatlar va erishilgan natijalarni tashhislash; 2) bilish imkoniyatlarini tashhislash. O‘zlashtirganlik, shuningdek, tashhislash jarayonida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonini, uning samaradorligi bilan bog‘liq holda, tahlil qilish, baholash va o‘z vaqtida aniqlashdir.
  • Ko‘rib turibmizki, o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini an’anaviy baholashdan ko‘ra diagnostika qilishning mohiyati kengroq. Bilim-malakalarni tekshirish shunchaki natijalarni ko‘rsatadi, xolos, ularning kelib chiqish sabablarini ko‘rsatmaydi. Tashxislash natijalarni unga erishish yo‘llari va vositalari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqadi, ta’lim mahsuli shakllanishining kechishi va dinamikasini aniqlaydi. Tashxislash o‘zida nazorat, tekshirish, baholash, jarayonning kechishi va dinamikasini aniqlash hamda keyingi voqealar rivojini prognoz qilish kabilarni mujassamlashtiradi. Tashxislashda o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, baholash ushbu jarayonning muhim tarkibiy qism sifatida amalga oshiriladi. Bu pedagogik texnologiyalarning juda qadimiy komponentlari sanaladi. Nazorat va baholash insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichida paydo bo‘lganligi sababli maktablarning yo‘ldoshi sifatida uning butun rivojlanish jarayonida hamrohlik qilib kelmoqda. Shunga qaramay hozirgacha bilimlarni baholashning mohiyati va uning texnologiyasi haqida qizg‘in bahslar davom etmoqda. Yuz oldin bo‘lgani singari hazir ham olimlar baho nimani ko‘rsatishi kerak: ta’lim sifatining indikatori bo‘lishi kerakmi yoki, aksincha, muayyan ta’lim tizimi kamchiliklari yoki yutuqlarini belgilab beradigan ko‘rsatgich bo‘lishi kerakmi, degan savollar ustida tortishuvlar olib boryaptilar. Hatto Ya.A.Komenskiy o‘zi yashagan davrda maktab bahosining ziddiyatli xususiyatlarini ta’kidlab, o‘z hamkasblariga ularga berilgan baholash huquqidan oqilona va taroziga solib ko‘rib foydalanishlarini maslahat beradi. Bilimlarni nazorat qilishdagi xolislikni pedagoglarni o‘z o‘quvchilariga nisbatan insonparvar munosabati bilan bog‘langan holda amalga oshirish talab barcha didaktik tizimlarga singdirilgan.

Yüklə 419,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin