Oliy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan yagona va uzluksiz ta ‘lim tizimini tashkil etuvchi 7 ta ta’lim turi-maktabgacha ta ‘lim, umumiy o‘rta ta ‘lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim i, oliy ta ‘lim. oliy o‘quv yurtidan keyingi ta ‘lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta ‘limi, maktabdan tashqari ta ‘lim kabilar orasida oliy ta’lim turi malakali mutaxassislar va xalq xo‘jaligi hamda jamiyat hayotining turli jabhalarida xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashning samaraii «o‘chog‘i» sifatida alohida o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham bu ta’lim turiga alohida va jiddiy e’tibor berilishi hayotiy zaruratimiz darajasiga ko‘tarilgan. Oliy ta’lim ning mazmuni va uning hajmini standartlashtirish masalasi 2001-yilning 16-avgustida Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan rasmiy vazifa tarzida tasdiqlandi. Shundan keyingi o‘tgan tarixan qisqa vaqt mobaynida ushbu ta ‘lim turi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar va ularning mutasaddilari tom onidan ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi. Fanlar bo‘yicha davlat ta ‘lim standartlarini yaratish, o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturlarini barpo etish, darslik va boshqa o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini nashrga tayyorlash va ularni o‘quv amaliyotiga kiritish kabi ishlar shu jum ladandir. Ta’lim mazmunini chuqurlashtirish, ta’limning amaliy tam oyillarini takomillashtirish, ta ‘lim jarayonlarini intensivlashtirish, ta ‘lim texnologiyalarini mukammallashtirish, ta ‘lim va tarbiyaning birligini kuchaytirish, xususan, ushbu ta ‘lim turining mazmuniga nafaqat bilim, ko‘nikm a va malaka, balki umum insoniy madaniyatni tashkil qiluvchi — ijodiy faoliyat tajribasi, atrof-m uhitga nisbatan ijobiy munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi. kutubxonasi Bunday ulkan vazifalarning maqsadga muvofiq tarzda bajarilishi ko‘pgina omillarga bog‘liqdir. Ularni ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro‘yobga chiqarishi mumkin:
- faoliyat turlari (moddiy, amaliy, ijtimoiy, ma’naviy);
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar);
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);