Ii mavzu. Ijodiy faoliyat mohiyati, umumiy tuzilishi va motivlari II ijodiy faoliyat mohiyati



Yüklə 15,25 Kb.
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü15,25 Kb.
#174559
  1   2   3
2-Ijod

II mavzu. IJODIY FAOLIYAT MOHIYATI, UMUMIY TUZILISHI VA MOTIVLARI


II.1. Ijodiy faoliyat mohiyati. Ijodning yagona ta'rifi hozircha yo’q, biroq u haqida aniq tushuncha hosil bo’lgan. Ijod – insonning shunday faoliyatidirki, uning natijasida biror yangi, ungacha mavjud bo’lmagan narsa yaratiladi. Masalan, yangi surat, yangi doston, yangi kinofilm, yangi stanok. Tabiiyki, ijod chegarasi ham turlicha. Bir tomondan, bu yangi loyiha bo’yicha qurilgan butun boshli yangi zavod. Boshqa tomondan, bor-yo’g'i biror o’yinchoq. Bundan tashqari, ijod noijodiy, reproduktiv faoliyat bilan birlashib ketadi. Masalan, avtomobilning yangi modeli yaratiladi, ammo hammasi oldingidek bo’ladi, faqat kuzovining yuqori qismi shakli o’zgaradi va h.k.
Ijodning mahsuli faqat moddiy narsalar – binolar, mashinalar, suratlar va boshqalar emas, yangi fikrlar, g'oyalar, qarorlar ham bo’ladi, faqat ular birdan moddiy samara bermaydi. Ijod bu turli hududli va chegarali, moddiy va nomoddiy yangiliklar yaratishdir. Bularning hammasi ijodiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan odamning sub'ektiv kechinmalariga bog'liq.
II. 2. Ijodiy faoliyat tuzilishi. Ijodiy faoliyat tizimi tarkibida bir nechta kichik tizimlar bor. Bu – ijodiy faoliyat jarayoni, ijodiy faoliyat mahsuli, ijodkor shaxsi, muhit va sharoit. O’z navbatida har bir kichik tizimning asoslari bor. Masalan, ijodiy jarayon vazifa qo’yish, fikrni shakllantirish, fikrni amalga oshirishdan iborat; ijodkor shaxsi qobiliyatlar, aqliy xususiyatlar, temperament, yosh, xarakter va boshqalarga bog'liq; muhit va sharoit atrof-muhitni, jamoani, ijodiy faoliyat stimullari va to’siqlarini namoyon etadi.
II.3. Ijodiy faoliyatning asosiy motivlari. Insonni o’z ijodiy faolligini oshirishga va namoyon etishga nima majbur qiladi? Agar bu masalaga aniqlik kiritsak, ijodkor insonni tarbiyalash va rivojlantirish yo’llari aniqlashadi. Ma'lumki, har qanday tizim, jumladan, inson ichki (shaxsiy) ehtiyojlar va tashqi atrof-muhit talablari ta'siri ostida o’zgara boshlaydi, ya'ni rivojlanadi. Shu nuqtai nazardan, inson ijodiy faoliyatining ichki motivlariga quyidagilar kiradi:
1. Insonga irsiy berilgan izlanish ehtiyojidan foydalanish. Har qanday tirik mavjudot, ayniqsa odam hayotining birinchi kunlaridan

Yüklə 15,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin