Qiziqishlar va mayllarni hisobga oling. Tushunish – kechirish demakdir, degan hikmat bor. O‘quvchini agar o‘qituvchi tushunmasa, kim tushunadi? O‘quvchilar orasida hech narsaga qiziqmaydigani bo‘lmaydi. Bu allaqachon hammamiz uchun ma’lum bo‘lgan aksioma bo‘lsa ham, hamon biz o‘quvchilar qiziqishlarini hisobga olishni o‘rganmaganmiz.

O‘qish-o‘rganish va o‘z-o‘zini takomillashtirishning kuchli stimuliga nisbatan qiziqish uyg‘otishning juda ko‘p qo‘shimcha vositalari borligini unutmaslik kerak. Shulardan biri bolalarning yorqin obrazlar, va formalarga bo‘lgan qiziqishlariga asoslanadi. Intellekt hissiy kechinmalar ta’siriga tez tushib qoladi va o‘quvchi unga ko‘proq ta’sir ko‘rsatib turgan xatti-harakatlarni bajarish uchun yo‘l va bahona qidira boshlaydi. Qiyin vaziyatlarda shakldan mazmunga, his-tuyg‘udan mantiqqa qarab borish kerak bo‘ladi. Shunday yo‘l tutsangiz bolalarni o‘z maqsadlaringizga qiziqtirish imkoniyatingiz katta bo‘ladi. O‘z g‘oyalaringizni dramalashtiring,- deb maslahat beradi D.Karnegi,- ularni samarali va yorqin shaklda etkazing.
O‘quvchining niyatini bilishga harakat qiling. Niyat ehtiyoj asosida paydo bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi fermer bo‘lishni niyat qildi deylik. U har kuni xo‘jalikda biror bir ish qilishni niyat qiladi. U hamma narsani o‘ylab qo‘ygan, rejalashtirgan, hatto vaqt byudjetidan bir qismini shu ish uchun ajratgan. O‘ylab ko‘ring, agar qo‘pol ravishda uning rejalarini buzib qo‘ysangiz nima bo‘ladi. Agar o‘qituvchi o‘z ishlarini belgilab qo‘ygan bolaga rejalarini o‘zgartirib yuboradigan topshiriq bersa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shunday – ikki yo‘ldan birini tanlash vaziyatiga tushib qolgan o‘quvchining xulq-atvorida keskin o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.

O‘quvchilarga o‘z oldilariga qo‘ygan niyatlariga erishishlari uchun yordam berish yo‘lini qidiring. Gap shundaki, ko‘pincha niyat vaziyatli motivlar ta’sirida vujudga keladi va o‘quvchi bu niyatini amalga oshirishi uchun kuchi etish-etmasligi haqida o‘ylab ham o‘tirmaydi. Hayotda bunday voqealarni tez-tez uchratib turish mumkin. Masalan, o‘quvchi onasining zorlanib yalinishlari, ko‘z yoshlariga azbaroyi achinganidan o‘z xulq-atvorini o‘zgartirishga ahd qiladi. Ammo mavjud vaziyat, muhit uning imkoniyatlaridan ko‘ra kuchliroq, o‘ylagan niyatini amalga oshirish uchun uning kuchi etmaydi. Bergan va’dasining ustidan chiqmaganligi uchun uni ortiqcha tergamang. Yaxshisi uning ko‘nglini ko‘tarib, unga aniq va kuchi etadigan maqsadlar qo‘yishga yordam bering. Agar maqsadlar murakkab va unga erishish uchun uzoq vaqt talab etiladigan bo‘lsa, uni amalga oshirish uchun qanday qilib, sekin-asta harakat qilish lozimligini tushuntirib boring.