Ona tili va adabiyoti
IV VARIANT
1. Abdulla Oripovning “O`zbekiston” qasidasida olingan quyidagi misralarda kim nazarda tutilgan?
Qotil qo`li qilich soldi mast,
Quyosh bo`lib uchdi tilla bosh.
A) Mirzo Ulug`bek
B) Jaloliddin Manguberdi
C) Sobir Rahimov
D) Chingizxon
2. Berilgan gaplardan qaysi birida so`z yasovchi qo`shimchalar miqdori ko`proq?
A) Ha, bu yerlar chiroyli, hamma yoq daraxt, bo`tazor bo`lgani bilan sovuq.
B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi.
C) Semizlikni qo`y ko`tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi.
D) Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lar chiroyli.
3. Qaysi qatordagi so`z bo`g`inga to`g`ri ajratilgan?
A) di-ag-ram-ma B) fo-tog-ra-fi-ya
C) e-’lon D) mo-no-gra-fi-ya
4. Qaysi nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni o`timsiz fe’lga aylantiradi?
A) majhul va o`zlik
B) o`zlik va orttirma
C) orttirma va aniq
D) birgalik va majhul
5.Quyidagi asarlardan qaysi birida it obrazi uchraydi?
1) “Qoplon”, 2) Hurushni eplolmagan kuchukcha”, 3) “Bulbul”, 4) “Bo`ston”, 5) “Urushning so`nggi qurboni”.
A) 3, 4, 5
B) 1, 2, 4
C) 1, 2, 5
D) 1, 2, 3
6. Sof ko`makchilar to`g`ri berilgan javobni toping.
A) qadar, singari, kabi, ko`ra, qarab,
B) avval, qadar, singari, uzra, holda
C) holda, sari, sayin, keyin, so`ng
D) uzra, tufayli, haqida, birga, holda
7. Bu tushmi yo xayo, bu na turli kuy,
Qayerdan bu qadar qushlar sayrashi?
Ushbu she’riy parchada olmosh turkumiga mansub so`zlar necha o`rinda qo`llangan?
A) 5 ta
B) 6 ta
C) 4 ta
D) 3 ta
8. Qaysi bandda so`z imlosida xatolikka yo`l qo`yilgan?
A) Basharasiga tushgan qamchi zarbidan yerga yiqildi.
B) Erta bahorda o`n tub mevali daraxt ko`chatidan ekdik.
C) Dalamizda salqin shabboda esdi.
D) Qorong`u kechada ko`kka ko`z tikib,
Eng yorug` yulduzdan seni so`rayman.
9. Quyidagilardan qaysilari adabiyotshunoslik ilmida markaziy o`rinni egallovchi tushuncha bo`la oladi?
1) obraz, 2) qahramon, 3) personaj.
A) faqat 1
B) 3
C) barchasi
D) 2, 3
10. Faqat badiiy va publitsistik uslubdagina qo`llaniladigan bog`lovchilarni toping.
A) xuddi, go`yo
B) yoxud, yoinki
C) agar, basharti
D) toki, negaki
11. Ul qaro ko`z ko`zlariga surma bejo tortadur.
Ma’no ko`chish turini aniqlang.
A) metonomiya
B) metafora
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
12. Farhod uchun jismda jon kabi asraladigan nihoyatda go`zal, o`ta nafis va nozik iymon ko`zgusi nima?
A) Shirin
B) ilohiy ishq
C) ishqqa sadoqat
D) komillik
13. Shovqinli, jarangli, sirg`aluvchi, chuqur til orqa undoshi qatnashgan so`zni toping.
A) qarmoq
B) bodring
C) g`amsiz
D) xayol
14. “Kuntug`mish” dostonida Xizr va Ilyos payg`ambar nomlarini qaysi qahramon tilga oladi?
A) Kuntug`mish
B) Xolbeka
C) Buvraxon
D) Qoraxon podsho
15. Quyidagi gapda vergul necha o`rinda ishlatilishi kerak?
O`qishlar har xil bo`ladi// birov ermak uchun o`qiydi// birov hordiq uchun// birov o`qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun// birov bo`lak mashg`ulot bo`lmaganidan vaqt o`tkazish uchun// birov asardagi voqeaga// qahramonning taqdiriga qiziqib o`qiydi.
A) 5 o`rinda
B) 6 o`rinda
C) 4 o`rinda
D) 3 o`rinda
16. Rus adibi Chexov qanday kasb egasi edi?
A) o`qituvchi
B) sotuvchi
C) shifokor
D) injener
17. Yoshlikda zahmat chekib ilm o`rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan.
Ushbu gapdagi so`zlar qaysi turkumlarga oid?
A) ot, sifat, fe’l
B) ot, fe’l
C) ot, ravish, fe’l
D) ot, olmosh, fe’l
18. “Otliq qo`shin” ma’nosini beruvchi so`zni toping?
A) yag`i B) cherik C) o`zbek D) ulus
19. Hamid Olimjonning “Na bo`lg`ay bir nafas men ham yanog`ing uzra xol bo`lsam” deb boshlanuvchi g`azali ruknini toping.
A) foilotun
B) foilun
C) mustaf’ilun
D) mafoiylun
20. Zakiylik san’atida ulardan o`rinli foydalanish aksiyachilarning mahorati sanaladi. Gap tilshunoslikka oid qanday tushuncha haqida boryapti?
A) lug`aviy sinonimlar
B) frazeologik sinonimlar
C) affiks omonimlar
D) lug`aviy omonimlar
21. Ul oy o`tlug` yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko`z,
Muhabbat tuxmidin o`zga ul o`t uzra sipand etmas. (Navoiy)
She’riy san’at turini aniqlang.
A) Talmeh B) Tamsil C) Istiora D) Takrir
22. Qaysi javobda iboraning ma’nosi to`g`ri izohlangan?
A) esi chiqib ketdi – jahli chiqdi
B) ko`zini shira bosdi – anglab yetmadi
C) yoqasini ushlamoq – qo`rqib ketmoq
D) shamolga uchmoq – befoyda sarflanmoq
23. “Qorday oq bo`lsang-u, muz qadar toza” deya e’tirof etilgan adabiy qahramonni toping.
A) Dezdemona B) Beatriche
C) Kleopatra D) Ofeliya
24. Otli so`z birikmalari qaysi qatorda berilgan?
A) ta’sirli so’zlamoq, zavq bilan o`qimoq, chumchuqning chug`ur-chug`uri
B) o`quvchilarning beshtasi, beqiyos o`lka, katta qishloq
C) shaharning ko`chalari, hammasidan katta, kitobni o`qimoq
D) tez yugurmoq, ohista gapirmoq, o`quvchilarning beshtasi
25. Shermuhammad Munis “Ustozlar e’tirofi” she’ridan olingan baytda tushirib qoldirilgan shoirni toping.
Qilsa hosid daxli bejo, so`z aro yo`qtur g`amim,
Kim, bu ma’nida … ruhi homiydur mango.
A) Sa’diy B) Navoiy C) Nizomiy D) Firdavsiy
Dostları ilə paylaş: |