Guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə1/2
tarix05.06.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#125274
növüReferat
  1   2
QORAXONIYLAR DAVLATI


O”ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET
TARIX YO’NALISHI


5-22 GURUH TALABASI ABIROVA GULNORANING
«QORAXONIYLAR DAVLATI» MAVZUSIDA «O’ZBEKISTON TARIXI»
FANIDAN YOZGAN


R E F E R A T I
QABUL QILDI: o’qituvchi SODIQOV A.
GULISTON - 2011
R E J A

  1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi

  2. Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli

  3. Qoraxoniylar davlatining madaniy hayoti

Yettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida I X asr ikkinchi yarmida turli turkiy qavmlar, elatlarning o’zaro birikuvi natijasida va qo’shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (859-955) yag’molar qavmiga mansub bo’lgan. Bu davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki «Qoraxon» unvonlari Qoraxon so’zining lug’aviy ma'nosi esa turkiy qabilalarda «ulug’», «buyuk» dеgan tushunchalarni anglatgan. Qoraxon «Tamg’achxon» ham dеb yuritilgan.


Bu davlatning qudrati yuksalib, u tеz orada katta hududlarni o’z qo’l ostiga kirita boradi. Uning poytaxti Sharqiy Turkistonning Bolasog’un shahri bo’lgan. Abdulkarim Bug’roxon vafotidan keyin (955 y) uning vorislari davrida markaziy Tyan-Shan va Yettisuv o’lkalari egallanadi. Endilikda Qoraxoniylar, Somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr yerlarini ham butunlay egallashga kirishadilar.
Bu davrda Somoniylar davlati chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar orqasida tanglik holatiga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari – Hasan va Nasr Bug’roxonlar yetakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz yengib, ikki bor (992 va 999 yillarda) Buxoroni egallaydi, Somoniylar sulolasida so’ng vakili Ismoil Al Muntasir (1000-1005 y) hukmronligi barham topdi. Oqibatda butun Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi. Shu tariqa Qoraxoniylar hukmronligi katta hududlarga yoyiladi.
X I asr o’talariga kelib Qoraxoniylar hokimyati 2ga bo’linib
ketdi:

  1. Markazi Samarqand bo’lgan Movarounnahrning katta hududlarini o’zida jam etgan G’arbiy xonlik.

  2. Markazi Bolasog’un bo’lgan Talas, Isfijob, Shosh (Toshkent), Sharqiy Farg’ona, Yettisuv va Qoshg’ar yerlarini tarkibiga olgan Sharqiy xonlik.




Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin